🇺🇿 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
🎓 Tadbir davomida yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan, o‘z kasbiga sadoqatli ustoz va professor-o‘qituvchilar munosib e’tirof etilib, taqdirlandilar.
👏 Samimiy tilaklar, ezgu tabriklar va gulduros qarsaklar ustozlarga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromning yorqin ifodasiga aylandi.
🎭 Bayram dasturidan o‘rin olgan sahna ko‘rinishlari, san’atkorlarning chiqishlari hamda talabalarning ustozlarga atalgan samimiy bag‘ishlovlari tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
📌 Menejment fakultetining rasmiy sahifalari
📱Telegram 📱Instagram