✅ Joriy yilning 29-sentabr kuni TDIU 3-sonli talabalar turar joyida muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Besh muhim tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi — yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish maqsadida "O'z kelajaging uchun o'zing mas'ulsan" mavzusida qizlar o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi.
📣 Tadbirga Menejment fakulteti "Xotin-qizlar masalalari" bo'yicha dekan muovini N. Akramova "Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar" kafedrasi tashabbusi bilan “Parij olimpiadasi" ishtirokchisi, badiiy gimnastika bo‘yicha sport ustasi Isxokzoda Mumtozabonu taklif etildi.
⚡️ Uchrashuv davomida M.Isxokzoda yosh qizlarga sportning inson salomatligi va ma’naviy kamolotidagi o‘rni, muntazam mashg‘ulotlarning foydasi hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi haqida batafsil ma’lumot berdi.
✨ Davra suhbati jarayonida talabalar sport bilan shug‘ullanish, o'z kelajagi poydevori ekanligi ta'kidlandi.Yoshlarga sog'lom ovqatlanish va vaqtni samarali boshqarish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
📌 Menejment fakultetining rasmiy sahifalari
😎Telegram 😎Instagram




