🎗Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Menejment fakulteti dekani D.Ismoilov, Universitet faxriylar kengashi raisi I.Saifnazarov hamda "Innovatsion menejment" kafedrasi mudiri B.Urinov boshchiligida “1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan faxriy ustoz Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Zaynutdinov Shavkat Nuritdinovichning holidan xabar olindi.
🔥Tashrif davomida faxriy pedagogga esdalik sovg’alari topshirildi. Suhbat iliq va samimiy ruhda o‘tib, ustozning ilmiy faoliyati va insoniy fazilatlarini yana bir bor yodga olishga sabab bo‘ldi.
💐 Aziz Ustozlar sizning yuksak ilmiy salohiyatingiz, pedagogik mahoratingiz, ko'p yillik tajribangiz va ta'lim-tarbiya yo'lidagi fidokorona mehnatingiz yosh avlodlarning har tomonlama kamol topishida, zamonaviy bilim va ko'nikmalarni egallashida muhim ahamiyat kasb etadi.
📌 Menejment fakultetining rasmiy sahifalari
📱Telegram 📱Instagram



