🔥 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Innovatsion menejment” kafedrasi DSc., dotsenti A. Ismailov va PhD., katta o‘qituvchisi A. Shermuhammedovlar kafedrada uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan, o‘zining ko‘p yillik ilmiy-pedagogik tajribasi va ustozlik maktabi bilan jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan O‘rmonov Nizomiddin To‘laganovichning holidan xabar oldilar.
✨Tashrif davomida ustozga bayram munosabati bilan samimiy tabrik va ezgu tilaklar bildirilib, ustoz-shogird an’analari, kafedra hayoti hamda ko‘p yillik mehnat faoliyati bilan bog‘liq xotiralar haqida iliq suhbat qurildi.
💙 Ustozning ilmiy-pedagogik merosi — uchrashuv davomida Nizomiddin To‘laganovichning ta’lim va ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi, yosh mutaxassislarni tarbiyalash borasidagi ustozlik faoliyati va boy kasbiy tajribasialohida e’tirof etildi. Bunday uchrashuvlar avlodlar davomiyligini ta’minlash, ustozlar mehnatini qadrlash va yosh pedagoglarda kasbga sadoqat tuyg‘usini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
📌 Menejment fakultetining rasmiy sahifalari
📱Telegram 📱Instagram


