#press_tur
Bekobod tug‘ma yurak nuqsonlaridan xoli hududga aylantirilmoqda
Bekobod tumanida Bolalar milliy tibbiyot markazi mutaxassislari ishtirokida keng qamrovli tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.
Ko‘riklar davomida 100 nafardan ortiq bola tekshiruvdan o‘tkazilib, aniqlangan tug‘ma yurak nuqsoni mavjud bolalarda davolash choralari belgilandi.
Bekobodning o‘zida bir nafar bolada murakkab kardiojarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazilib, tug‘ma yurak nuqsoni bartaraf etildi.
Qolgan bemorlarga zarur jarrohlik amaliyotlari Bolalar milliy tibbiyot markazida amalga oshiriladi.
Mazkur ishlar Bolalar milliy tibbiyot markazi va viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutaxassislari hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Bekoboddagi ushbu tajribaning asosiy maqsadi — tug‘ma yurak nuqsonlarini barvaqt aniqlash va davolash orqali hududni mazkur kasallikdan xoli hududga aylantirish.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Post #66298
2.19K