#Seminar
⚡️“Oilaviy nizolarni mediatsiya yo‘li bilan hal etish” mavzusida seminar o‘tkazildi
📍Toshkent viloyatida “mahalla yettiligi” faoliyatini muvofiqlashtirish, oilaviy nizolarning barvaqt oldini olish hamda mahallalarda sog‘lom va xavfsiz muhitni mustahkamlashga qaratilgan o‘quv seminari o‘tkazildi. Tadbirda "yettilik” a’zolari, mutasaddi tashkilotlar vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
🗣Seminarda aholi bilan manzilli ishlash va yuzaga kelayotgan muammolarga samarali yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “Oilaviy nizolarni mediatsiya yo‘li bilan hal etish” mavzusida batafsil ma’ruza qilinib, mediatsiyaning huquqiy asoslari, nizolarni sudgacha va o‘zaro kelishuv asosida hal etishning afzalliklari tushuntirildi.
🔍Shuningdek, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, nizolarning salbiy oqibatlarini kamaytirish hamda muammolarga qonuniy va murosaviy yechim topish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilib, tashkilotlararo hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Post #66291
3.07K






