TGViewer
Channel Public Channel
Toshkent viloyati "Kelajak" markazi

Toshkent viloyati "Kelajak" markazi

@toshkentvkm

Toshkent viloyati hududiy "Kelajak" markazi kanali

🌐 tvuzedu.uz

👨‍💻 Murojaat uchun: @kmovozbot

Ⓜ️ Toshkent viloyati Nurafshon shahri Oppoq MFY Toshkent yo'li ko'chasi 195-uy
Subscribers
2.25K
Photos
2.8K
Videos
309
Links
831
Recent Posts 13 shown
Post #3554 479
📣 29-MAKTABDA O‘QUVCHILAR KENGASHIGA QABUL DAVOM ETMOQDA!

🌟 Ajoyib g‘oyalaring bormi? Maktab hayotida faol ishtirok etib, o‘z iste’doding va tashabbuslaringni namoyon etishni xohlaysanmi?

🚀 Unda bu imkoniyatni qo‘ldan boy berma! O‘quvchilar kengashiga qo‘shil, o‘zingga mos yo‘nalishni tanla va maktabimiz rivojiga munosib hissa qo‘sh!

💡 O‘zgarishlarni kutma — ularni o‘zing boshla!


🙌 Faol bo‘l, tashabbus ko‘rsat va maktab hayotida o‘z o‘rningni top!

📢 Toshkent viloyati "Kelajak" markazi axborot xizmati.

📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
Post #3553 648
🗳 CHIRCHIQ SHAHRIDAGI 9-MAKTABDA O‘QUVCHILAR KENGASHI SAYLOVI!

🏫 10-«G» sinf o‘quvchisi Rahmatullayev Anvar maktab saylovida nomzod sifatida ishtirok etmoqda. U o‘z g‘oyalari va tashabbuslarini tengdoshlari bilan bo‘lishdi.

🌟 Har bir ovoz muhim! Tanlov — sizning qo‘lingizda!

🌐 RU 🇷🇺


📢 Toshkent viloyati "Kelajak" markazi axborot xizmati.

📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
Post #3552 309

Forwarded from “Kelajak” markazlari

#JadidlarIzidan

📢 Bugun “Jadidlar izidan” tanloviga ro'yxatdan o'tishning oxirgi kuni!

🤐 Xabar berganimizdek, umumiy oʻrta taʻlim maktablari va nodavlat ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o'tkaziladigan “Jadidlar izidan” Respublika tanlovining yangi mavsumi boshlanmoqda.

⚡️ Tanlov nizomiga ko'ra, ishtirokchilar 3 bosqichda (tuman-shahar, hududiy, respublika) jadidlar hayoti va ijodini o'rganishga doir shartlar bo'yicha o'z bilimini sinovdan o'tkazadilar.

🔗 Adabiyotlar ro‘yxati

▪️ Shoshiling! Arizalar bugun 23:59ga qadar jadidlarizidan.uz platformasi orqali qabul qilinadi!

📱Veb-sayt 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱LinkedIn 📱YouTube
Post #3551 777
📚 «JADIDLAR IZIDAN» KITOBXONLIK KLUBIGA MARHAMAT!

📖 «Tilda, fikrda, ishda birlik!»
— Mahmudxo‘ja Behbudiy

📚 Nurafshon shahar “Kelajak” markazi o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy ma’naviyatimizning ajralmas qismi bo‘lgan jadidchilik harakati va ma’rifatparvar ajdodlarimiz merosini keng targ‘ib etish maqsadida «Jadidlar izidan» kitobxonlik klubiga barcha yoshlarni chorlaydi!

✨ Klubda sizni nimalar kutmoqda?

📖 Buyuk jadid ma’rifatparvarlari — Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy va boshqa ijodkorlarning asarlarini o‘rganish hamda muhokama qilish;

💡 Tanqidiy va tahliliy fikrlashni rivojlantiruvchi bahs-munozaralar;
🏆 Insholar tanlovi va intellektual viktorinalar;

💜 Aziz o‘quvchilar! Siz ham «Jadidlar izidan» kitobxonlik klubiga qo‘shiling! Kitob mutolaasi orqali tariximizni anglang, ajdodlarimiz merosidan ilhom oling va kelajak sari dadil qadam tashlang!

📢 Toshkent viloyati "Kelajak" markazi axborot xizmati.

📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
Post #3548 352

Forwarded from “Kelajak” markazlari

#KelajakMarkazlari
#MaktabgaXavfsizHarakat

📚 “Maktabga xavfsiz harakat” loyihasi davom etmoqda

🚌 Respublika “Kelajak” markazi va HAYOT jamg’armasi hamkorligida yo'lga qo'yilgan "Maktabga xavfsiz harakat" loyihasi doirasida Buxoro va Toshkent viloyati "Kelajak" markazlariga mikroavtobuslar topshirildi.

👨‍👩‍👦 “Maktabga xavfsiz harakat” loyihasi olis hududlarda yashovchi bolalarning maktabga xavfsiz borishini ta’minlashga qaratilgan. Shuningdek, mazkur tashabbus o’quvchilarni qoʻshimcha ta’limga qamrab olish imkoniyatlarini ham kengaytiradi.

🚍 Ma’lumot o’rnida, avvalroq loyiha doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlari “Kelajak” markazlariga ham mikroavtobuslar topshirilgan edi.

📱Veb-sayt 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱LinkedIn 📱YouTube
Post #3542 640
📢 “O‘QUVCHILAR KENGASHI”: NOMZODLARDAN ARIZALAR QABUL QILINMOQDA!

🏫 Toshkent viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “O‘quvchilar kengashi” uchun nomzodlar o‘z arizalarini topshirmoqda.

🗓 13–15-oktabr kunlari davom etayotgan arizalar qabuli o‘quvchilarga o‘z tashabbuslarini ilgari surish va yetakchilik salohiyatini namoyon etish imkonini bermoqda.

🌟 Maktab bosqichi uchun kelib tushayotgan arizalar sonining ko‘pligi o‘quvchilarning yangi tizimga bo‘lgan qiziqishi, faolligi va tashabbuskorligidan dalolat beradi!

🇺🇿 Faol yoshlar — kelajak bunyodkorlari!
#OquvchilarKengashi #KelajakMarkazlari #YoshlarLiderligi

📢 Toshkent viloyati "Kelajak" markazi axborot xizmati.

📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
Post #3541 1.08K
📢 O‘QUVCHILAR KENGASHI SAYLOVI! 🗳

🏫 Chirchiq shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar kengashi saylovlari davom etmoqda.

🌟 “Kelajak yetakchisi” lavozimiga nomzod Baxtiyorova Malika o‘z maqsad va tashabbuslarini taqdim etdi.

🤝 Aziz o‘quvchilar, nomzodlar bilan tanishing va o‘z tanlovingizni qiling!

✨ Sizning ovozingiz — kelajak sari muhim qadam!

🌐 RU 🇷🇺


📢 Toshkent viloyati "Kelajak" markazi axborot xizmati.

📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
Post #3540 765
🇺🇿 O‘QUVCHILAR KENGASHI: SINF VAKILLARI SAYLOVI! 🗳

🏫 Bo‘stonliq tumani 11-maktabida o‘quvchilar kengashi sinf vakillari sayloviga start berildi.

🔹 Maktab direktori Sh. Abdukarimov va Bo'stonliq tumani “Kelajak” markazi direktori S. To‘rayev boshchiligida o‘tgan jarayonda 5–11-sinf o‘quvchilari orasidan sinf vakillari saylandi hamda ularga maxsus beyjiklar va esdalik sovg‘alari topshirildi.


🚀 Bu — yoshlar yetakchiligi va tashabbuskorligini rivojlantirish sari muhim qadam!

📢 Toshkent viloyati "Kelajak" markazi axborot xizmati.

📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
Post #3539 1.25K
#KelajakMarkazlari
#MetodKuni

🤖 Raqamli maslahatchi — zamonaviy maktab sari!

📍 Kuni kecha Yangiyo‘l tumani “Kelajak” markazida maktab maslahatchilari uchun metodik kun o‘tkazildi.

👨‍💻 Zangiota tumani 23-maktab maslahatchisi Shuhrat Namozov ushbu kunda maxsus yasalgan BOT imkoniyatlarini ham taqdim etdi.


📱 Endi “Kelajak soatlari” materiallarini ham bot orqali real vaqt rejimida yuklab olish mumkin!

📢 Toshkent viloyati "Kelajak" markazi axborot xizmati.

📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
Post #3538 854
#KelajakMarkazlari
#SinfVakili #Saylovi

🗳 O‘QUVCHILAR KENGASHI: SAYLOV JARAYONI!

➡️ Toshkent viloyati “Kelajak” markazi direktor o‘rinbosari I.I. Karimov Nurafshon shahridagi 4-maktabda o‘tkazilgan sinf vakillari saylovida ishtirok etdi.

✅Saylov davomida o‘quvchilarga sinf vakillarining asosiy vazifalari, mas’uliyati va faoliyati haqida ma’lumot berildi.

👏 Saylangan nomzodlarga kelgusi faoliyatlarida omad va zafarlar tilaymiz!

🌟 Sinf vakili — ishonch, tashabbus va mas’uliyat timsoli!

📢 Toshkent viloyati "Kelajak" markazi axborot xizmati.

📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
Post #3536 932
#KelajakMarkazlari
#SinfVakili #Saylovi

🗳 O‘QUVCHILAR KENGASHI: SAYLOV JARAYONI!

📍 Oqqo‘rg‘on tumani 6️⃣-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sinf vakillari saylovi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

✅ Saylov jarayoni maktab maslahatchisi Kadirova Dilfuza tomonidan o‘tkazilib, o‘quvchilarning faolligi, tashabbuskorligi va yetakchilik qobiliyatlarini namoyon etishiga imkon yaratdi.


⚡️ Ushbu tashabbus o‘quvchilarning o‘z fikrini erkin ifoda etishi, mas’uliyatni his qilishi hamda maktab hayotida faol ishtirok etishida muhim ahamiyat kasb etadi.

🌟 Sinf vakili — ishonch, tashabbus va mas’uliyat timsoli!

📢 Toshkent viloyati "Kelajak" markazi axborot xizmati.

📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
Post #3535 820
#Men_sinf_vakiliman
🗳 O‘QUVCHILAR KENGASHI SARI MUHIM QADAM!


📚 Bugun Oqqo`rg`on tumanidagi maktablarda ham saylov jaroyonlari qizg`in kechdi.

🇺🇿 Tuman va shahar "Kelajak" markazi rahbar va xodimlari joylardagi saylovlarda faol ishtirok etishdi va o`quvchilarga yuksak ishonch bildirishdi.

👍 Mazkur jarayon yoshlarning o‘z fikrini erkin ifoda etishi, masʼuliyatni yanada his qilishi hamda maktab hayotida faol ishtirok etishiga xizmat qiladi.

📢 Toshkent viloyati "Kelajak" markazi axborot xizmati.

📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
Older posts →

About this channel

How can I read @toshkentvkm without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Toshkent viloyati "Kelajak" markazi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Toshkent viloyati "Kelajak" markazi have?
Toshkent viloyati "Kelajak" markazi (@toshkentvkm) has 2.25K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Toshkent viloyati "Kelajak" markazi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →