🏢Poytaxt tumanlarida bir vaqtning o‘zida 12 ta zamonaviy maktab qurilishi boshlandi
▫️Bular yangi formatdagi — texnologik, ergonomik, qulay va inklyuziv maktablar bo‘ladi. Loyihalar zamonaviy me’moriy yechimlar va zarur infratuzilmani hisobga olgan holda uch xil ko‘rinishda ishlab chiqilgan.
✔️Jami loyiha doirasida 18 mingta yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi.
🟢Qurilish ishlarini sakkiz oy ichida yakunlash, yangi maktablarni esa kelgusi o‘quv yili boshiga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
🧠 Loyihaning amalga oshirilishi o‘quvchi o‘rinlari tanqisligini kamaytirish, poytaxtning ta’lim infratuzilmasini kengaytirish hamda bolalar uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlarini yaratish imkonini beradi.
⸻
🏢В районах столицы одновременно началось строительство 12 современных школ
▫️Это будут школы нового формата — технологичные, эргономичные, комфортные и инклюзивные. Проекты разработаны в трёх типах с учётом современных архитектурных решений и необходимой инфраструктуры.
✔️В общей сложности проект предусматривает создание 18 тысяч новых ученических мест.
🟢Строительные работы планируется завершить в течение восьми месяцев, а новые школы ввести в эксплуатацию к началу следующего учебного года.
🧠 Реализация проекта позволит сократить дефицит ученических мест, расширить образовательную инфраструктуру столицы и создать для детей современные и комфортные условия обучения.
YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Post #19284
427