TGViewer
Channel Public Channel
IT PARK Toshkent viloyati filiali

IT PARK Toshkent viloyati filiali

@toshkent_viloyati_it

IT-dunyosiga biz bilan birga qadam tashlang 👨‍💻

📞 Aloqa uchun: 99 063 11 99
Subscribers
157
Photos
1.6K
Videos
138
Links
758
Recent Posts 6 shown
Post #2085 28
🇰🇷 Koreys tilini bepul o‘rganish uchun yangi imkoniyat!

📚 Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park Uzbekistan va Jahon banki tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan Language Proficiency Development Program doirasida koreys tilini o‘rganish bo‘yicha bepul onlayn kurslarga qabul boshlandi.

Dastur ishtirokchilarga koreys tili bilimlarini TOPIK 3–5 darajasigacha oshirish, muloqot, jamoada ishlash va kasbiy tayyorgarlik kabi soft skills ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, IT va ITES kompaniyalarida ishga joylashishga tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.


⌨️ Ta’lim formati: onlayn darslar, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar.

👥 Kimlar qatnashishi mumkin?

Koreys tilini TOPIK 1, 2 yoki 3 darajasida biladigan hamda ta’lim jarayonida faol ishtirok etishga tayyor yoshlar.

📝 Nomzodlar onlayn ariza topshirib, test sinovidan o‘tadilar.

🗓 Arizalarni 2026-yil 25-oktabrgacha topshirish mumkin.
Joylar soni cheklangan.

🖥 Batafsil

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish

☎️ Batafsil ma'lumotlar uchun:
(+998) 93-322-5689 - @farrukh_2001
(+998) 97-037-3388 - @abror_fanur

—

🇰🇷 A new opportunity to learn Korean for free!

📚 Applications are now open for free online Korean language courses under the Language Proficiency Development Program, implemented by the Ministry of Digital Technologies, IT Park Uzbekistan, and the World Bank.

The program will help participants improve their Korean language proficiency to TOPIK Levels 3–5, develop soft skills such as communication, teamwork, and professional readiness, and prepare for employment in IT and ITES companies.


⌨️ Learning format: online classes combining theoretical and practical sessions.

👥 Who can apply?

Young people with TOPIK Level 1, 2, or 3 Korean language proficiency who are ready to actively participate in the learning process.

📝 Applicants will submit an online application and take a test.

🗓 Applications are open until October 25, 2026.
Places are limited.

🖥 More details

🔗 Registration

☎️ For more information:
(+998) 93-322-5689 — @farrukh_2001
(+998) 97-037-3388 — @abror_fanur

Telegram
| Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
Post #2077 45
✨ “ICTWEEK Uzbekistan 2026” xalqaro forumi doirasida IT Park Toshkent viloyati filiali tomonidan o‘ndan ortiq xorijiy delegatsiyalar va xalqaro IT kompaniyalari vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda Toshkent viloyatida IT va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, innovatsion va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalliy startaplarni rivojlantirish, yosh tadbirkorlar uchun inkubatsiya va akseleratsiya imkoniyatlarini kengaytirish hamda startaplarni xalqaro bozorlarga olib chiqish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar belgilandi.

Muzokaralar yakunida xorijiy IT kompaniyalarini viloyatda faoliyat yuritishga jalb etish, qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish va yangi investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

🟢Mazkur tashabbuslar yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlarni IT sohasiga jalb etish, IT xizmatlari eksportini kengaytirish va Toshkent viloyatining innovatsion salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

🟢🟢🟢

✨During the ICTWEEK Uzbekistan 2026 international forum, IT Park Tashkent Region held bilateral meetings with representatives of more than ten foreign delegations and international IT companies.

The meetings focused on developing IT and digital technologies in Tashkent Region, supporting innovative and startup projects, attracting foreign investment, and expanding international cooperation.

The participants also discussed opportunities to develop local startups, expand incubation and acceleration programs for young entrepreneurs, and help startups enter international markets.


As a result, agreements were reached on attracting foreign IT companies to the region, implementing joint innovative projects, and bringing in new investments.

🟢These initiatives will contribute to creating new jobs, engaging young people in the IT sector, expanding IT service exports, and strengthening Tashkent Region’s position as an emerging IT and innovation hub.
  • 👍 2
  • 👏 2
Post #2068 73

Forwarded from Digital.uz

💼 IT Park Uzbekistan yoshlar uchun ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirmoqda

🟢 O‘zbekistonda mahalliy va xalqaro kompaniyalar, jumladan, IT Park Uzbekistan rezidentlari faoliyatining kengayib borishi nafaqat poytaxtda, balki mamlakat hududlarida ham yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga xizmat qilmoqda. Yangi imkoniyatlar tajribali mutaxassislar bilan bir qatorda, professional faoliyatini endi boshlayotgan talabalar va bitiruvchilar uchun ham yaratilmoqda.

💼 Tashabbus O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi hamda tajribali mutaxassislar bilan bir qatorda, professional yo‘lini endi boshlayotgan talabalar va yaqinda oliy ta’lim muassasasini tamomlagan bitiruvchilarga ham mo‘ljallangan. 

🟦Kompaniyalar talabi faqat an’anaviy AT-kasblar bilan cheklanmaydi. Dasturchilar, QA-muhandislar, ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislar va dizaynerlardan tashqari, marketing, savdo, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, moliya, buxgalteriya hamda ma’muriy boshqaruv yo‘nalishlaridagi mutaxassislarga ham talab mavjud. BPO va call-markaz yo‘nalishlari uchun kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj ham alohida ortib bormoqda.

🌲 Xorijiy tillarni biladigan mutaxassislarga ham talab yuqori. Xalqaro bozorlarda faoliyat yuritadigan va xorijiy mijozlar bilan ishlaydigan kompaniyalar uchun ingliz, rus, nemis, fransuz, ispan, turk, arab, xitoy, yapon va koreys tillarini biladigan nomzodlar ayniqsa dolzarb hisoblanadi.

💻Nomzodlar bazasini shakllantirish vositalaridan biri Talent Park loyihasidir. Maxsus bot orqali ish izlovchilar o‘z rezyumelarini yuborishi, tajribasi, ko‘nikmalari va professional yo‘nalishi haqida asosiy ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin.

📄Rezyumeni @talent_park_bot orqali yuborish, dolzarb imkoniyatlarni esa @talentparkuz Telegram-kanali orqali kuzatib borish mumkin.


Batafsil: 👉https://digital.uz/oz/news/view/216891

English
Русский

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Post #2063 113
🏆 CHEMPIONLAR ANIQLANDI! 🎉
IT PARK TOSHKENT VILOYATI REZIDENTLARI O‘RTASIDAGI SHAXMAT MUSOBAQASI YAKUNLANDI! ♟

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida IT Park Toshkent viloyati rezident korxonalari xodimlari o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi.

Murosasiz va qiziqarli kechgan bahslarda ishtirokchilar o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, strategik yondashuvi va shaxmatdagi mahoratini namoyon etdilar.
♟ Har bir yurish katta diqqat va puxta strategiyani talab qilgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar aniqlandi:

🥇 1-o‘rin — Sherikboyev Isojon
🏢 Uni ProTech kompaniyasi xodimi

🥈 2-o‘rin — Urisboyev Bekjon
🏢 Genius Avenue kompaniyasi xodimi

🥉 3-o‘rin — Xoliqov Davron
🏢 Web Gulbazar kompaniyasi xodimi

🎉 G‘olib va sovrindorlarni munosib natijalari bilan samimiy muborakbod etamiz!

🤝 Mazkur musobaqa IT Park rezidentlari o‘rtasida sog‘lom raqobatni rivojlantirish, intellektual sportni ommalashtirish, mantiqiy fikrlashni qo‘llab-quvvatlash hamda kompaniyalar o‘rtasidagi do‘stona muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

⚡️ Barcha ishtirokchilarga faol qatnashgani va murosasiz bahslardagi ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiramiz!
G‘oliblarimizga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! ♟🏆🇺🇿
Post #2051 180
🎮“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Toshkent viloyatida kibersport musobaqasi bo‘lib o‘tdi!

Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park Toshkent viloyati filiali va Bekabod tuman hokimligi hamkorligida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida 20-avgust kuni Toshkent viloyatida yoshlar o‘rtasida PUBG Mobile yo‘nalishi bo‘yicha kibersport musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kibersportni ommalashtirish hamda ularning tezkor fikrlash, strategik qaror qabul qilish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.

🎯14–30 yoshdagi yoshlar musobaqada faol ishtirok etib, o‘zlarining mahorati, chaqqonligi va jamoaviy ruhini namoyon etdilar.

🏆Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — VIGOS
🥈 2-o‘rin — RM 202
🥉 3-o‘rin — ENERGY

🏆G‘olib va sovrindorlarni samimiy muborakbod etamiz!

Barcha ishtirokchilarga faol qatnashgani va yuqori kayfiyatdagi bellashuv uchun minnatdorlik bildiramiz! 🎮🔥
  • 👍 3
Older posts →

About this channel

How can I read @toshkent_viloyati_it without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for IT PARK Toshkent viloyati filiali: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does IT PARK Toshkent viloyati filiali have?
IT PARK Toshkent viloyati filiali (@toshkent_viloyati_it) has 157 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does IT PARK Toshkent viloyati filiali know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →