TGViewer
TKTI Yoshlar Ittifoqi TKTI Yoshlar Ittifoqi @tkti_official · 1.9K subscribers
Post #33749 401
📣Toshkent kimyo-texnologiya institutida huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan ochiq dars va o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

✔️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi 202-son qarori bilan tasdiqlangan “2026–2027-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 10-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya institutida talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda o‘quv mashg‘ulotlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📌Mashg‘ulotlar davomida talaba-yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, fuqarolarning huquq va burchlari, davlat ramzlariga hurmat, qonunlarga rioya qilish hamda jamiyat oldidagi fuqarolik mas’uliyati haqida tushunchalar berilmoqda.

🔗Shuningdek, yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, qonun ustuvorligiga ishonch va huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularni faol va mas’uliyatli fuqarolar etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

✨Mazkur tadbirlar talaba-yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, Konstitutsiya va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda mamlakatimiz taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi.

✅Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🌎Veb-sayt |📲Telegram |🖥Instagram|  👩‍🎓Rasmiy kanal
  • ❤ 2
More from @tkti_official
  1. Oct 16, 2026👩‍🎓Toshkent kimyo-texnologiya institutida umummilliy diktant loyihasi tashkil etildi. O‘…
  2. Oct 16, 2026📣Toshkent kimyo-texnologiya instituti pedagog xodimlar hamda talabalari o‘rtasida “Isloho…
  3. Oct 15, 2026📢E’LON! 🎓Rektor va talaba-yoshlar uchrashuvi 👩‍🎓Toshkent kimyo-texnologiya institutida…
  4. Oct 15, 2026📣E’LON! Aziz talabalar! 21-oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosab…
  5. Oct 15, 2026Post #33762
  6. Oct 14, 2026👩‍🎓Toshkent kimyo-texnologiya institutida milliy sportimiz — kurashni ommalashtirish, yo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →