👩🎓Toshkent kimyo-texnologiya institutida umummilliy
diktant loyihasi tashkil etildi.
O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada oshirish, uning boy imkoniyatlarini keng targ‘ib etish hamda aholining savodxonlik darajasini yuksaltirish maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya institutida "O’zbek tili-ilm-fan tili" mavzusida diktant tashkil etildi.
📌Mazkur tadbirda Sanoat muhandisligi va menejmenti fakultet dekan o‘rinbosari M.Kenjayev, Tillar kafedrasi mudiri K.Davlatov, Tillar kafedrasi Katta o’qituvchilari M.Tadjibayeva, hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-308-son qarori ijrosi doirasida o‘tkazildi.
✍️Diktant davomida ishtirokchilarning o‘zbek tilida savodli yozish ko‘nikmalari, imlo qoidalariga rioya qilishi va davlat tiliga bo‘lgan e’tibori namoyon bo‘ldi.
📖Bunday ma’rifiy tadbirlar davlat tiliga hurmatni kuchaytirish, yozma nutq madaniyatini yuksaltirish hamda o‘zbek tilining jamiyat hayotidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.
👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
Post #33766
293










- ❤ 1
- 😁 1