📢Xalqaro “Geointellekt” onlayn xakatoniga taklif etamiz!
💡GEONEXT 2026: Kelajak georesurslari III Xalqaro geologiya forumi doirasida Rossiya davlat geologiya-qidiruv universiteti (MGRI) tomonidan geologiya va sun’iy intellekt bo‘yicha “GEOINTELLEKT” xalqaro xakatoni tashkil etilmoqda.
🗓O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 15–16-oktabr
💻Ishtirok etish shakli: onlayn (Moskva shahridagi MGRI bazasida bevosita ishtirok etish imkoniyati ham mavjud).
🚀Xakatonning asosiy maqsadi — geologiya sohasi vakillarida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, sun’iy intellekt va mashinaviy o‘rganish natijalarini tahlil qilish, fazoviy tahlil usullari yordamida real ishlab chiqarish masalalarini hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
📚Xakaton boshlanishidan oldin ishtirokchilar uchun onlayn ta’lim intensiv mashg‘ulotlari ham tashkil etiladi.
👥Kimlar ishtirok etishi mumkin?
💬Geologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar;
💬Magistrantlar va doktorantlar;
💬Geologiya sohasidagi yosh mutaxassislar.
💬Ishtirok etish yakka tartibda yoki 2–3 kishidan iborat jamoa shaklida amalga oshiriladi.
🔔MUHIM! Xakatonda muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan institut talabalari Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori tomonidan munosib rag‘batlantiriladi!
📝Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot:
https://geonext.mgri.ru
⌛Xakaton MGRI tomonidan “Gintell” kompaniyasi, FGBU “Noyob elementlar mineralogiyasi, geokimyosi va kristallokimyosi instituti” (IMGRE) hamda “TNG-Grupp” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
📣Geologiya, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarga qiziquvchi barcha yoshlarni ushbu xalqaro xakatonda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
Post #33747
413

- ❤ 2