TGViewer
TKTI Yoshlar Ittifoqi TKTI Yoshlar Ittifoqi @tkti_official · 1.9K subscribers
Post #33746 893
🛡“QALQON” — TARTIB, MAS’ULIYAT VA JAMOAVIYLIK TARAFDORLARI!

👩‍🎓Toshkent kimyo-texnologiya instituti talaba yigitlari diqqatiga!

🔈Institut qoshida faoliyat yurituvchi “QALQON” jamoatchilik guruhi o‘z safiga faol, intizomli, tashabbuskor va jamoat ishlarida faol ishtirok etishni istagan talabalarni taklif etadi.

✔️“QALQON” jamoasi a’zosi bo‘lish — bu nafaqat jamoaga qo‘shilish, balki institut hayotida faol ishtirok etish, tartib-intizom va mas’uliyatni targ‘ib qilishga o‘z hissasini qo‘shishdir.

🔥Sizni nimalar kutmoqda?
🤝Ahil va faol jamoa;
🛡 Jamoatchilik faoliyatida tajriba va ko‘nikma;
🎖Institut tomonidan har uch oyda faol a’zolarni rag‘batlantirish;
🧍‍♂️Jamoaning har bir a’zosi uchun maxsus forma;
🏆Turli tadbirlar va jamoatchilik loyihalarida ishtirok etish;
📚Liderlik, mas’uliyat va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.

📝JAMOAGA QO‘SHILISH ISTAGIDAGI TALABALARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
📌Nomzodlarda quyidagi jihatlardan biri yoki bir nechtasi mavjud bo‘lishi maqsadga muvofiq:
😄Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi;
😘Maktab, akademik litsey yoki boshqa ta’lim muassasasida harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishida tahsil olgan bo‘lishi;
😄Sport ustasi yoki sport yo‘nalishida muayyan yutuqlarga ega bo‘lishi;
😄 Jamoat ishlarida faol, intizomli va mas’uliyatli bo‘lishi;
😘Institutda sog‘lom ma’naviy-ijtimoiy muhitni shakllantirishga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor bo‘lishi.

🚨Shoshiling! Har bir fakultet o'z nomzodlari uchun ajratilgan joylar soni chegaralangan.

🛡“QALQON” — jasorat, intizom va birdamlik timsoli!
Agar siz ham faol jamoaning bir qismi bo‘lishni, yangi tajribalar orttirishni va institut hayotida o‘z hissangizni qo‘shishni istasangiz — “QALQON” jamoasi sizni kutmoqda!

📌Murojaat uchun:
“QALQON” jamoatchilik guruhiga qoʻshilish istagi bor talabalar oʻz fakulteti yoshlar masalalari boʻyicha dekan oʻrinbosariga murojaat qilishlari soʻraladi.

✅Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🌎Veb-sayt |📲Telegram |🖥Instagram|  👩‍🎓Rasmiy kanal
  • ❤ 3
  • 👍 2
  • 😁 1
More from @tkti_official
  1. Oct 16, 2026#LIVE Ayni paytda Toshkent kimyo-texnologiya institutida Rektor va yoshlar uchrashuvi bo’l…
  2. Oct 16, 2026👩‍🎓Toshkent kimyo-texnologiya institutida umummilliy diktant loyihasi tashkil etildi. O‘…
  3. Oct 16, 2026📣Toshkent kimyo-texnologiya instituti pedagog xodimlar hamda talabalari o‘rtasida “Isloho…
  4. Oct 15, 2026📢E’LON! 🎓Rektor va talaba-yoshlar uchrashuvi 👩‍🎓Toshkent kimyo-texnologiya institutida…
  5. Oct 15, 2026📣E’LON! Aziz talabalar! 21-oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosab…
  6. Oct 15, 2026Post #33762
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →