TGViewer
Toshkent harbiy okrugi rasmiy kanali Toshkent harbiy okrugi rasmiy kanali @thoaskaruz · 3.65K subscribers
Post #38947 413

Forwarded from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali

BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasida O‘zbekistonning pozitsiyasi bildirildi

BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida 130 ga yaqin davlat delegatsiyalari qatorida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Sessiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi.

Nutqda bugungi dunyoda ziddiyatlar tobora kuchayib, o‘zaro ishonch susayib borayotgan bir sharoitda O‘zbekistonning aniq pozitsiyasi bayon etildi:
“Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdorimiz.”

Nutqda, shuningdek, Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li va aholining turmush darajasi yaxshilanayotgani, BMTning bugungi dunyodagi o‘rni, Afg‘oniston masalasi, bolalar huquqlari va demografik barqarorlik, Orol fojiasi va ekologik muammolar, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi va ayollar huquqlari, Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda inson qadrini ulug‘lash kabi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tildi.
“Bugun hech bir davlat global muammolarni yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. O‘zbekiston ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lida munosib hissasini qo‘shishga doimo tayyor.”


🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram X.com
  • ❤ 2
  • 👍 1
More from @thoaskaruz
  1. Sep 23, 2026⭐️Kitob — ma’naviyat va muvaffaqiyat manbai Chirchiq garnizonida joylashgan harbiy qismlar…
  2. Sep 23, 2026#Toshkent_harbiy_okrug #OAV_biz_haqimizda 🎞”Uch avlod” uchrashuvi Yangiliklarni kuzatib b…
  3. Sep 22, 2026⭐️“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” — ochiq muloqot va yangi imkoniyatlar 🛫Telegram 🔗 LIVE…
  4. Sep 22, 2026⭐️“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” — ochiq muloqot va yangi imkoniyatlar Toshkent harbiy okr…
  5. Sep 22, 2026⚡️⚡️⚡️Toshkent harbiy okrugda joylashgan harbiy qismda xizmat o'tayotgan muddatli harbiy x…
  6. Sep 22, 2026#Toshkent_harbiy_okrugi 🔷 Toshkent garnizonida joylashgan harbiy qismda yurt himoyachilar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →