🤝 O‘zbekiston ilk bor mezbonlik qilgan OFK Elit hakamlari seminari o‘z yakuniga yetdi.
Milliy futbol markazida 3–7-avgust kunlari davomida tashkil etilgan seminar doirasida OFKga a'zo mamlakatlardan tashrif buyurgan 92 nafar hakamlar va instruktorlar ishtirokida nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlarda o‘yin vaziyatlarini tahlil qilish, hakamlarning maydondagi harakatlanishi, jamoaviy hamkorlik va VAR bilan bog‘liq murakkab holatlar yuzasidan tajriba almashildi.
Besh kun davom etgan seminar hakamlarning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy hakamlik standartlarini mustahkamlash va xalqaro tajribani ommalashtirishga xizmat qildi.
⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
Post #4343
1.92K