Bugun "Termiz MTU" filialida Hududiy kasaba uyushmasi hamkorligida “Keksalarni e’zozlash oyligi” doirasida sohada uzoq yillar samarali mehnat qilib, bugun keksalik gashtini surayotgan faxriylar, ustoz va murabbiylar ishtirokida samimiy “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuv davomida hayotiy tajribalar, unutilmas xotiralar va temiryo‘lchilik kasbining sharafli an’analari haqida suhbatlar qurildi. Katta avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan ehtirom, yosh avlodga bildirilgan samimiy tilaklar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Tadbir yakunida faxriylarimizga esdalik sovg‘alari topshirilib, viloyatimizning muqaddas qadamjolari — Al-Hakim at-Termiziy hamda Sulton Saodat majmualariga sayohat tashkil etildi.
Zero, keksalarni e’zozlash — qadriyatlarimizga sadoqat, ustozlarni qadrlash esa kelajakka hurmatdir.
Ustozlar bor ekan, tajriba yashaydi, avlodlar davomiyligi va ezgu an’analar bardavom bo‘ladi!
Telegram sahifamiz:
👉@Termiz_MTU 👈