QUMQO‘RG‘ON–XAYRABOD UCHASTKASIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
Joriy yilning 30-sentyabr kuni Termiz transport prokurori Z.R.Tursunov hamda “Termiz MTU” filiali bosh muhandisi U.V.Muxitdinov tomonidan Qumqo‘rg‘on–Xayrabod uchastkasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida stansiyalarda poyezdlar harakati xavfsizligi, texnik vositalarning holati, mehnat sharoitlari hamda ishlab chiqarish intizomi masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Elbayon–Sho‘rchi stansiyalari oralig‘ining 4556+482-kilometrida 1930-yilda qurilgan 1,0×1,0 metr o‘lchamdagi temir-beton quvurni 1,5×1,0 metr o‘lchamdagi beton quvurga almashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Shundan so‘ng 166-son Yo‘l mashina stansiyasi filialida olib borilayotgan ishlar holati ham o‘rganildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va harakat xavfsizligini yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Telegram sahifamiz:
👉@Termiz_MTU 👈
Post #15131
955




- 👍 2