Milliy libos — bu shunchaki kiyim emas, balki xalqimizning boy tarixi, betakror madaniyati, urf-odatlari va milliy o‘zligini aks ettiruvchi bebaho qadriyatdir.
🔹 Milliy kiyimlarimiz— ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib kelayotgan, xalqimizning o‘tmishi, buguni va kelajagini bog‘lab turuvchi ma’naviy ko‘prikdir.
🔹Termiz davlat universitetida an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinayotgan ''Milliy liboslar kuni”yoshlar qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik va o‘zlikni anglash tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
🔹Atlas va adrasliboslarida namoyon bo‘lgan ranglar uyg‘unligi, nafis bezaklar va milliy naqshlar xalqimizning didi, nozik estetik qarashlari hamda boy madaniyatini ifodalaydi.
Milliy libos — milliy g‘urur!
Milliy qadriyat — qalbimizda!
Milliylik — go‘zalligimiz va faxrimiz!
♻️ 4️⃣ 1️⃣ 1️⃣
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt