«Kayrit vohasini muhofaza qilish va jamoatchilikka tanishtirish» (KO3P) loyihasi doirasida Kayrittepa arxeologik yodgorligining paxsali qadimiy inshootlari UNESCO standartlari asosida konservatsiya qilinmoqda.
Termiz davlat universiteti hamda Fransiyaning yetakchi ilmiy markazlari (CNRS, Lyon 2) hamkorligida yodgorlikning 3D raqamli modeli yaratilib, xalqaro ko‘rgazmaga tayyorlanmoqda. Maskur loyiha ALIPH xalqaro jamg‘armasi va Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Maskur xalqaro tashabbus O‘zbekistonning boy tarixiy merosini kelajak avlodlar uchun asrab-avaylash hamda jahon miqyosida targ‘ib etishga xizmat qiladi.
♻️ 4️⃣ 1️⃣ 1️⃣
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt