🏛 TERDU YIGITLARI — O‘ZBEKISTON KUBOGI SOHIBI!
🟢Joriy yilning 3–8-oktabr kunlari Termiz shahridagi “Surxon” sport majmuasida gandbol sport turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida “O‘zbekiston Kubogi” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda barcha viloyatlardan bittadan qizlar va o‘g‘il bolalar jamoalari ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdilar. Quvonarlisi, Surxondaryo viloyati sharafini himoya qilgan Termiz davlat universitetining yigitlar jamoasi musobaqada munosib ishtirok etib, yuqori natijani qayd etdi.
🟢Final bosqichida TerDU yigitlari Farg‘ona viloyati jamoasiga qarshi maydonga tushib, 39:32 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdilar! Shu tariqa TerDU yigitlar jamoasi 1-o‘rinni egallab, musobaqaning bosh sovrini — “O‘zbekiston Kubogi” sohibiga aylandi!
🟢G‘olib yigitlarimizni ushbu katta yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz! Ularga kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar, omad va yangi marralarni tilaymiz!
♻️ 3️⃣ 4️⃣ 1️⃣
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt









