🎓 #Himoya_2026
📅 2026-yil 9-OKTABR | 🕙 10:00
✨ Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi!
🎓 Norboyev Nabijon Narziqulovich Termiz davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.11.01 raqamli Ilmiy kengashning majlisida “Oʻquvchilarda mantiqiy fikrlash koʻnikmalarini shaxmat oʻyini orqali shakllantirish texnologiyasi (5-7 sinf oʻquvchilari misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
📖 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan mazkur ilmiy tadqiqot ishi o‘zining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati bilan e’tirof etildi.
👏 TerDPI jamoasi nomidan Norboyev Nabijon Narziqulovichni ushbu yuksak ilmiy yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘liq va yangi zafarlar tilaymiz!
✍️ TerDPI matbuot xizmati
✅ Facebook 🌐 Veb sayt 📹 Youtube 🌐 Instagram ✅ Telegram
Post #38901
1.61K










- 👍 16
- ❤ 7
- ⚡ 4
- 🔥 3
- 🏆 2
- ❤🔥 1
- 🎉 1
- 👌 1
- 😍 1