TGViewer
TDIU | Soliq va budjet hisobi fakulteti TDIU | Soliq va budjet hisobi fakulteti @tdiu_sbh · 1.98K subscribers
Post #8742 425
Talabalarning ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari o‘rganilmoqda

💠 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Soliq va budjet hisobi fakulteti dekani L. Zoyirov, dekan o‘rinbosari S. Eshniyazov hamda Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va talabalar bilan manzilli ishlash bo‘limi tyutorlari tomonidan fakultetda tahsil olayotgan, ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar olish va ularning yashash sharoitlarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔅 O‘rganish davomida talabalarning yashash sharoitlari, xonadonlarning sanitariya-gigiyena holati hamda mavjud xavfsizlik talablari ko‘zdan kechirildi.

🟢 Shuningdek, talabalarga is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, yong‘in xavfi, suvda cho‘kish, oziq-ovqatdan zaharlanish, botulizm va quturish kabi xavf-xatarlardan saqlanish yuzasidan tushuntirish hamda profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi.

🔻 Mazkur o‘rganish ishlari talabalarning xavfsizligini ta’minlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ijara xonadonlarida xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishga qaratilgan.

Soliq va budjet hisobi fakulteti


🔵 Telegram | 🟥 Instagram
  • ❤ 2
  • 👍 1
  • 🤩 1
More from @tdiu_sbh
  1. Oct 14, 2026TDIUda dars mashg‘ulotlari Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi ▶️Toshkent davlat iqtis…
  2. Oct 14, 2026🇺🇿DAVLAT TILI — MILLIY MA’NAVIYATIMIZ TIMSOLI 🇺🇿Toshkent davlat iqtisodiyot universite…
  3. Oct 13, 2026TDIU rektori ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari bi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →