Yetti milliy dastur — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim asosi!
🇺🇿Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekistonning yaqin yillarga mo‘ljallangan “Yetti milliy dasturi” e’lon qilindi.
☑️Mazkur dasturlar ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot, ekologiya, qonun ustuvorligi, mahalla va tashqi siyosat kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab oladi.
▶️Dasturlarning birinchisi — “Bilim va ko‘nikmalarni mamlakatning kelgusi taraqqiyotidagi asosiy kapitalga aylantirish”ga qaratilgan.
Unda:
✅6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov ta’limi bilan to‘liq qamrab olish;
✅1 million yoshga kasb-hunar o‘rgatish;
✅maktablarda xalqaro baholash dasturlarini keng joriy etish;
✅texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlarini qo‘llash;
✅O‘zbekistondagi kamida 10 ta universitetni dunyoning TOP-1000 oliy ta’lim muassasalari qatoriga kiritish kabi muhim maqsadlar belgilangan.
🎓 “Yangi O‘zbekistonda kasb-hunar egallamagan birorta ham yigit va qiz qolmaydi” — yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va ta’limga berilayotgan yuksak e’tiborning yaqqol ifodasidir.
Menejment fakulteti
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬Telegram 📹Instagram