1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni!
✔️Aziz ustozlar, sizlarni 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Sizlarning bilim va tajribangiz, mehringiz va fidokorona mehnatingiz yosh avlodning kamol topishi, o‘z yo‘lini topishi va kelajak sari dadil qadam tashlashida muhim o‘rin tutadi.
📚 Har bir bergan bilimingiz, bildirgan ishonchingiz va aytgan nasihatingiz shogirdlaringiz qalbida o‘chmas iz qoldiradi.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, cheksiz kuch-g‘ayrat va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
✨Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬Telegram 📹Instagram