TGViewer
TDIU | Yoshlar kanali TDIU | Yoshlar kanali @tdiu_official · 23.5K subscribers
Post #27389 10.9K
🟦🟦🟦 🟦🟦

Yosh kitobxon talabalar bellashuviga tayyormisiz?

📚 Talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Do‘stlik” festivali doirasida “Yosh kitobxon” tanlovi tashkil etiladi.

📌Tanlov 2 ta shart asosida o‘tkaziladi:

1️⃣“Men yoqtirgan asar” — tanlangan kitobni tahlil qilish;
2️⃣ “Eng kitobxon jamoa” — savol-javob bellashuvi.

Birinchi shart uchun tavsiya etilgan asarlar:


“Sayyohi hindi” — Fitrat
“Navoiy” — Oybek
“Ufq” trilogiyasi — Said Ahmad
“Yulduzli tunlar” — Pirimqul Qodirov
“Sarob” — Abdulla Qahhor
“Otamdan qolgan dalalar” — Tog‘ay Murod
“Faust” — Iogann Volfgang Gyote
“Iqrornoma” — Lev Tolstoy
“Graf Monte-Kristo” — Aleksandr Dyuma
“G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” — Erix Mariya Remark
“Asrga tatigulik kun” — Chingiz Aytmatov
“Ikki eshik orasi” — O‘tkir Hoshimov
🔗 Tanlov Nizomi

⚡️Tanlov 17-oktabr, shanba kuni soat 15:00da Zakovat zalida o'tkaziladi

Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan talabalar fakultet Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosarlariga murojaat qilishlari mumkin

Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬Telegram 📹Instagram
  • ❤ 16
More from @tdiu_official
  1. Oct 13, 2026🟦🟦🟦 TDIUda ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv ☑️ “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tashabbus…
  2. Oct 13, 2026🟦🟦🟦 TDIUda ziyolilarning ijtimoiy faolligiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi ☑️TDIUd…
  3. Oct 13, 2026#Muzeyga__sayohat_2026 📌 O'quv yili davomida tashrif buyurishingiz mumkin bo‘lgan muzeyla…
  4. Oct 13, 2026#Xalqaro_forum #TDIU #Rossiya TDIU talabalari Omsk shahrida o‘tkazilgan xalqaro forumda is…
  5. Oct 13, 2026TDIUda dars mashg‘ulotlari Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi ▶️Toshkent davlat iqtis…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →