▶️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kampuslarida dars mashg‘ulotlari boshlanishidan avval talabalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijro etildi.
☑️Mazkur tashabbus talaba-yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash, davlat ramzlariga hurmatni yuksaltirish hamda milliy g‘urur va iftixor hissini yanada kuchaytirishga qaratilgan. Davlat madhiyasining hamjihatlikda ijro etilishi yoshlarni yurt ravnaqi yo‘lida puxta bilim olishga, o‘z kelajagiga mas’uliyat bilan yondashishga undaydi.
🔌Ta’lim va ma’naviy tarbiya uyg‘unligini ifoda etuvchi ushbu tashabbus talabalarni puxta bilim egallashga, o‘z salohiyatini mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida safarbar etishga ruhlantiradi. Zero, yurt kelajagiga munosib hissa qo‘shadigan malakali mutaxassisni voyaga yetkazish uning qalbida Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga va davlat ramzlariga hurmat tuyg‘ularini kamol toptirish bilan chambarchas bog‘liq.
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬Telegram 📹Instagram






