TGViewer
Channel Public Channel
Tarmoq va tizim administratorligi va xavfsizligi

Tarmoq va tizim administratorligi va xavfsizligi

@tarmoq_tizim

admin: @blackroot

Cisco instructor
Subscribers
2.3K
Photos
85
Videos
18
Links
80
Recent Posts 13 shown
Post #439 862
🇺🇿🇺🇿 26-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

Vatan osoyishtaligi, xalqimiz tinchligi, davlatimiz suvereniteti va milliy manfaatlarini himoya qilishdek yuksak va mas’uliyatli vazifani sharaf bilan ado etib kelayotgan barcha fidoyi xodimlarga chuqur hurmat va ehtiromimizni bildiramiz.

Bu muqaddas yo‘lda xizmat qilgan va bugun ham xalqi va Vatan oldidagi burchini sadoqat bilan bajarayotgan mard, jasur va fidoyi insonlarning zahmatli mehnati doimo yuksak qadrlanishga munosibdir.

Vatan tinchligini o‘z halovati, xalq osoyishtaligini o‘z osoyishtaligidan ustun qo‘ygan, sharafli kasb nomini munosib ko‘tarib kelayotgan yurtning mard va sadoqatli farzandlariga shon-sharaflar bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin! Vatanga sadoqat, burchga vafodorlik va xalq tinchligiga xizmat qilish yo‘lidagi sharafli faoliyatingiz bardavom bo‘lsin!

@tarmoq_tizim
  • ❤ 4
  • 🎉 3
  • 🔥 2
  • 🤣 2
Post #433 845

Forwarded from Saida Mirziyoyeva

Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashuvda O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish masalasini muhokama qildik.

Biz so‘nggi yillarda shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va raqamli to‘lovlar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirdik. Buning natijasida O‘zbekistonda xalqaro to‘lov tizimlaridan erkin foydalanish uchun keng yo‘l ochilmoqda.

Kompaniya bilan juda ko‘p yo‘nalishda hamkorlik qilish imkoniyati bor. Oldimizda esa katta va muhim vazifalar turibdi.

—

На встрече с вице-президентом Google Караном Бхатией обсудили возможность запуска в Узбекистане монетизации YouTube.

В последние годы мы улучшили законодательство в сфере обработки персональных данных и цифровых платежей, благодаря чему в Узбекистане будут доступны международные платёжные системы.

Возможностей для партнёрства с компанией — огромное количество. Впереди много работы.
  • 🔥 8
  • 👍 1
Post #432 1.36K
💥 Germaniyada insonni sunʼiy intellekt kameralaridan “yashiruvchi” ko‘ylak o‘ylab topildi

Berlinlik rassom Saymon Vekkert Digital Camouflage — kompyuter ko‘rish tizimlarining insonni tanib olishini qiyinlashtirishga mo‘ljallangan naqshli, yorqin gavayicha ko‘ylakni taqdim etdi.

Inson ko‘zi uchun bu shunchaki rang-barang kiyim. Ammo YOLO kabi algoritmlar bosh, yelka konturlari, tana proporsiyalari va boshqa vizual belgilarga tayanadi. Vekkertning naqshi esa aynan shu qoliplarni buzish uchun maxsus ishlangan. Shu sababli ayrim sinovlarda tizim oldida inson turganini aniqlay olmay qolgan.

Rassomning o‘zi ham ko‘ylak egasini har qanday kameradan ko‘rinmas qiladi, deb daʼvo qilmaydi. Bu ko‘proq sunʼiy intellektga asoslangan kuzatuv tizimlarining zaif tomonlarini namoyish etish usuli sifatida qaraladi.

Aytgancha, bu 2020 yilda ko‘chada smartfonlarga to‘la aravachasini olib yurib, Google Maps‘da soxta tirbandlik hosil qilgan o‘sha Vekkertning o‘zi. O‘shanda boplagan edi! 😄

@tarmoq_tizim
  • 👍 9
  • 😁 4
  • 🔥 2
Post #431 1.56K
🇧🇷 Braziliyalik yuguruvchi bir vaqtning o‘zida 11 ta homiy bilan shartnoma imzolab, ularning barchasiga tegishli liboslarni ustma-ust kiyib oldi.

G‘alaba qozongach, har bir shartnoma bo‘yicha to‘lovni olishni taʼminlash maqsadida u liboslarni birin-ketin yechib, mukofoti bilan birga suratga tushdi.

P.S. Hozirda o‘zimizda kuchli DevOps vakillari ham bir vaqtda shuncha joyda ishlashi mumkin, haloli bo‘lsin. Shu uchun Ops asoslari bo‘lgan tarmoq va tizimni ham mukammal o‘rganaverish kerak 🤣

@tarmoq_tizim
  • 😁 13
  • 🤣 11
  • ⚡ 2
  • 👍 2
Post #430 3.1K
📺 LG televizorlari sizni yashirincha tinglashi mumkin: tadqiqotchilar LG OLED G5'ning ekran o‘chiq holatda mikrofondan foydalanayotganini aniqlashdi.

Qurilma hatto internetsiz ham mikrofon yozuvlarini o‘zida to‘playdi va tarmoqqa qayta ulanganda ularni serverga yuklaydi. Tadqiqotchilar log-fayllardan o‘z suhbatlarini topishgan.

Shuningdek, u uydagi Wi-Fi tarmog‘ini skanerlab, telefonlar, aqlli soatlar, IP-manzillar va qo‘shni routerlarning xaritasini tuzadi. Bularning barchasi LG serverlariga yuboriladi.

Endi biz televizorni emas, u bizni kuzatmoqda.

@tarmoq_tizim
  • ❤ 6
Post #429 1.59K
UNICON SOFT 🚀 UNICON SOFT R&D MARKAZIGA MUHANDISLARNI TAKLIF QILAMIZ! UNICON SOFT kompaniyasida zamonaviy elektronika, embedded tizimlar va yangi avlod qurilmalarini yaratishga yo‘naltirilgan R&D (Research & Development) markazi tashkil etildi. Markaz zamonaviy laboratoriya…
Yirik software kompaniyalardan biri o‘z faoliyatini tubdan o‘zgartirgan holda hardwarega o‘zgartirmoqda (albatta software bo'yicha loyihalari davom etadi). SI rivojlanayotgan zamonda, eng katta ehtiyoj endi mikroelementlar bo'ladi, elektr energiya bo'ladi. Harbiy qurollar, dronlar hamma-hammasi hardwarega tayanadi. Oldin ham nazarda tutganimdek*, (yana bir podcastni topa olmadim), hardwareda rivojlanmagunimizcha, sanoatda rivojlanmagunizmicha katta kuchga erishishimiz, mustaqil qarorlar qabul qilishda qiynalamiz. *(hozirda 2.5 yildan beri xususiy sektorda faoliyat yuritganim yo'q)

@tarmoq_tizim
  • 👍 1
  • 🔥 1
Post #428 1.3K

Forwarded from UNICON SOFT

🚀 UNICON SOFT R&D MARKAZIGA MUHANDISLARNI TAKLIF QILAMIZ!
UNICON SOFT kompaniyasida zamonaviy elektronika, embedded tizimlar va yangi avlod qurilmalarini yaratishga yo‘naltirilgan R&D (Research & Development) markazi tashkil etildi.
Markaz zamonaviy laboratoriya va prototiplash uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, g‘oyadan boshlab real ishlaydigan qurilma prototipigacha bo‘lgan jarayonlarni bir muhitda amalga oshirish imkonini beradi.

🔬 R&D markazimiz imkoniyatlari:
LPKF kompaniyasining zamonaviy uskunalari yordamida 8 qatlamgacha bo‘lgan PCB/PCBA prototiplarini laboratoriya sharoitida ishlab chiqish;
Professional PCB Schematic va PCB Layout Design loyihalarini yaratish, prototiplash va sinovdan o‘tkazish;
Formlabs kompaniyasining zamonaviy SLA va SLS 3D printerlari yordamida yuqori aniqlikdagi mexanik detallar, korpuslar va funksional prototiplarni ishlab chiqarish;
Embedded Systems, IoT, telekommunikatsiya, sanoat elektronikasi va boshqa zamonaviy elektron qurilmalarni ishlab chiqish;
MediaTek, Intel, Snapdragon platformalari va boshqa professional SoC yechimlari asosida murakkab apparat platformalarini yaratish;
Elektronika, embedded software, mexanik dizayn va prototiplash jarayonlarini yagona R&D muhitida olib borish.

⚡️ Biz kimlarni izlayapmiz?
R&D jamoamizga:
— Embedded Systems Engineer
— Hardware Engineer
— PCB Schematic Design Engineer
— PCB Layout Design Engineer
— Electronics Engineer
kabi yo‘nalishlarda tajribaga ega professional muhandislarni taklif qilamiz.
Shuningdek, hali katta tajribaga ega bo‘lmasa-da, elektronika, embedded systems, PCB/PCBA, mikroprotsessorlar va zamonaviy qurilmalar yaratishga jiddiy qiziqadigan, tez o‘rganishga va real loyihalarda ishlashga tayyor iqtidorli yoshlar uchun ham imkoniyat mavjud.

💡 Nega UNICON SOFT R&D?
Bu shunchaki ish joyi emas.
Bu — o‘z g‘oyangizni schematic’dan PCB’ga, PCB’dan tayyor prototipga, prototipdan esa real mahsulotga aylantirish imkoniyati.
MediaTek, Intel, Snapdragon kabi yetakchi texnologik platformalar asosida ishlash, professional laboratoriya uskunalaridan foydalanish hamda O‘zbekistonda yangi hardware mahsulotlarini yaratishda bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

🇺🇿 Maqsadimiz — O‘zbekistonda kuchli Hardware va Embedded Engineering maktabini shakllantirish hamda mahalliy yuqori texnologiyali mahsulotlarni yaratish.

Agar siz tayyor texnologiyalardan shunchaki foydalanishni emas, ular asosida yangi qurilmalar yaratishni istasangiz — jamoamizga qo‘shiling!

📩 Nomzodlar quyidagi forma orqali ariza qoldirishlari mumkin.

https://forms.gle/z1fBwGUJ8KgPFyq58

UNICON SOFT R&D — g‘oyadan real qurilmagacha.
  • ❤ 4
  • 👍 4
  • 🔥 3
  • 🎉 1
  • 🙏 1
Post #427 1.38K
🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN! 🇺🇿

Aziz va qadrli yurtdoshlar!

Bugun qalblarimizni faxr va g‘ururga to‘ldirgan, xalqimizning ozodligi, erkinligi va buyuk kelajagini tarannum etuvchi ulug‘ ayyom — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik bayrami!
Yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi va Vatanimiz ravnaqi hamisha bardavom bo‘lsin. Har bir xonadonga baxt-u saodat, mehr-oqibat va farovonlik kirib kelsin.

🇺🇿 Mustaqillik — bizning g‘ururimiz, iftixorimiz va eng bebaho ne’matimiz!
Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida ezgu niyatlarimiz ro‘yobga chiqsin, bayrog‘imiz dunyo uzra yanada baland hilpirayversin!

✨ Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

🎉 O‘zbekistonimizning 35 yillik Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin! 🇺🇿

@tarmoq_tizim
  • 🔥 4
  • ❤ 1
  • 🙏 1
Post #425 2.23K
Tungi lirik chekinish. She’rning sheri ekan

@tarmoq_tizim
  • 🔥 8
  • ⚡ 2
  • ❤ 2
  • 👍 2
Post #422 3.17K
Falcon Academy — kiberxavfsizlikni amaliy o‘rganish platformasi

Kiberxavfsizlikni faqat nazariy jihatdan emas, real amaliy topshiriqlar orqali o‘rganishni istaysizmi?
Falcon Academy platformasida orqali turli zaifliklarni aniqlaysiz, amaliy vazifalarni bajarasiz va kiberxavfsizlikda qo‘llaniladigan haqiqiy vositalar bilan ishlaysiz.

Platforma sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

🔹 Offensive Security (hujumkor xavfsizlik) va Defensive Security (himoyaviy xavfsizlik) yo‘nalishlarini o‘rganib, olgan bilimlaringizni amalda sinab ko‘rasiz.
🔹 Har bir bo‘lim bo‘yicha nazariy testlar va amaliy topshiriqlarni bajarasiz.
🔹 Har bir bo‘limni muvaffaqiyatli tugatganingizdan so‘ng sertifikat (bilim va ko‘nikmalarni tasdiqlovchi hujjat) olasiz.
🔹 Kiberxavfsizlikni to‘g‘ri ketma-ketlikda o‘rganishingiz uchun sizga maxsus Roadmap (yo‘l xaritasi) taqdim etiladi.
🔹 Turli yo‘nalishlar bo‘yicha 200 dan ortiq laboratoriya (amaliy mashg‘ulot muhiti) orqali bilim va ko‘nikmalaringizni mustahkamlaysiz.

🚀 Nazariyani amaliyot bilan birlashtiring, zaifliklarni aniqlashni o‘rganing va kiberxavfsizlik sohasidagi ilk qadamingizni bugunoq qo‘ying!

💻 Kiberxavfsizlikni amalda o‘rganish uchun: www.falcon-academy.uz
  • 🔥 8
  • ⚡ 4
  • 🥰 2
  • 👏 2
  • 🤩 2
Post #421 1.89K
Tarmoq va tizim administratorligi va xavfsizligi Hozirgina yo’lda ko’rganim Sirdaryo 20 talikdan Baxtga qayrilish chorrahasidan 2-3 kilometr oldinda joylashgan yo’l harakati nazoratiga oid tablodagi yashil yozuv kechqurun shunaqa tovlanib yonib turibdi “You have been hacked” @tarmoq_tizim
#parodiya_balki_parot_iyaaa

Ashinaqade , ashinaqade
Hozirgi juniorlar mashinaqade
Tegmayman deydi, buzmayman deydi
Lekin va’dasida turomidi

@tarmoq_tizim
  • 🤣 16
  • 😁 4
  • 👍 1
Post #420 2K
Hozirgina yo’lda ko’rganim

Sirdaryo 20 talikdan Baxtga qayrilish chorrahasidan 2-3 kilometr oldinda joylashgan yo’l harakati nazoratiga oid tablodagi yashil yozuv kechqurun shunaqa tovlanib yonib turibdi

“You have been hacked”

@tarmoq_tizim
  • 🤣 18
  • 😁 5
  • 🔥 2
  • ❤ 1
Older posts →

About this channel

How can I read @tarmoq_tizim without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Tarmoq va tizim administratorligi va xavfsizligi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Tarmoq va tizim administratorligi va xavfsizligi have?
Tarmoq va tizim administratorligi va xavfsizligi (@tarmoq_tizim) has 2.3K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Tarmoq va tizim administratorligi va xavfsizligi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →