TGViewer
Channel ✦ Verified Channel
Tanzila Narbaeva

Tanzila Narbaeva

@tanzilanarbaeva

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Subscribers
45.6K
Photos
6.9K
Videos
163
Links
1.4K
Recent Posts 2 shown
Post #8078 1.08K
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida tashkil etilgan “Rahbar ayollar” dasturi tinglovchilari bilan uchrashdim.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati kadrlar siyosatiga bog‘liq.

Quvonarlisi, bugun ayollarimiz ham davlat va jamiyat hayotiga daxldor bo‘lgan muhim qonunlar va qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etish, turli sohalarda o‘z salohiyatlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

Tinglovchilar bilan zamonaviy rahbarning mas’uliyati haqida ochiq gaplashdik.

Bugun bilimning o‘zi yetarli emas. Qarorlar qabul qilishda adolat tamoyillariga tayanish, odamlarni eshitish, kuchli jamoani shakllantira bilish va birgalikda maqsad sari natijaga intilish, yangilikka ochiq bo‘lish va barcha jarayonlarda shaxsiy namuna ko‘rsatish muhimdir.

Gap faqat rahbar ayollar sonini ko‘paytirishda emas, mehnat jamoalarida ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratilishi bilan birga, mas’uliyat ham bir xil bo‘lishida ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Rahbar faoliyatining eng muhim bahosi — odamlarning roziligi va ishonchidir.

“Rahbar ayollar” dasturi esa yangi bilim va boshqaruv ko‘nikmalarini egallab, o‘z salohiyatini mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida amaliy natijaga aylantirish uchun muhim imkoniyat maydoni.

@tanzilanarbaeva
  • 👍 18
  • ❤ 9
  • 👏 6
Post #8068 1.3K
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Shu yilning 29–30-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildik.

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi munosabatlar ko‘p yillik do‘stlik, o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan.

Joriy yil iyul oyida ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi hamkorlikka yangi sur’at bag‘ishladi. Erishilgan kelishuvlar o‘zaro savdo salohiyatini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar ochdi.

Endi asosiy vazifa bu imkoniyatlarni aniq natijalarga aylantirish. Bunda parlamentlar zimmasida ham katta mas’uliyat bor. Zarur qonunchilik asoslarini takomillashtirish, kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazoratini olib borish, hududlar va ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish bizning ustuvor vazifalarimizdan.

Forum doirasida Parlamentlararo komissiya yig‘ilishi, mahalliy vakillik organlari va Yoshlar parlamentlari vakillari uchrashuvlari, shuningdek, O‘zbekiston–Belarus ayollarining IV biznes-forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu jihatdan, navbatdagi parlamentlararo forum nafaqat siyosiy muloqot, balki yangi loyihalar va o‘zaro manfaatli tashabbuslarni ilgari surish uchun ham muhim maydon bo‘ladi.

@tanzilanarbaeva
  • 👍 11
  • ❤ 6
  • 👏 3
Older posts →

About this channel

How can I read @tanzilanarbaeva without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Tanzila Narbaeva: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Tanzila Narbaeva have?
Tanzila Narbaeva (@tanzilanarbaeva) has 45.6K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Tanzila Narbaeva know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →