🚀 24-oktyabr kuni Toshkentda Fu**up Talks bo‘lib o‘tadi
Unda uch nafar tadbirkor muvaffaqiyatlar haqida emas, balki muvaffaqiyatsizliklar haqida so‘zlab beradi.
Jumladan, yopilgan loyihalar, yo‘qotilgan mablag‘ va mijozlar, xodimlarni yollash hamda hamkorlikdagi xatolar haqida.
💡 Ular nima noto‘g‘ri ketgani va qanday xulosalar chiqarilganini tahlil qilishadi.
🎤 Spikerlar:
Madiyar Bakbergenov — PanDev bosh direktori va hammuassisi, Forbes 30 Under 30 ro‘yxati vakili.
Alisher Tojiyev — 2,4 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega HomeTech va FinTech platformasi DOMO asoschisi va bosh direktori.
Umid G‘ofurov — taps.so va troll.uz asoschisi va bosh direktori.
📍 Manzil: C-Space Yunusobod, Ahmad Donish ko‘chasi, 21A
🕒 Vaqt: 15:00–18:00
Dasturda uchta ma’ruza, har biridan so‘ng savol-javob hamda ta’sischilar va investorlar bilan netvorking bo‘lib o‘tadi.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://luma.com/nmkglg0k
Hamkorlik asosida
Post #3010
372

- 👍 1