Iqtisod, biznes, fintech, bank-moliya tizimiga oid O'zbekiston va jahon yangiliklari hamda tahlillar
Hamkorlik va reklama bo'yicha: @tangauz_ads_bot
Murojaatlar uchun: @tanga_aloqa_bot
Jamoaga qo’shilish uchun: https://forms.gle/1LCn3v4v8Fuq
Post #2931
328

ANORBANK aksiyadori atrofidagi xabarlarga munosabat bildirdi: bankning raqamlari nimani ko'rsatmoqda?
So'nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ANORBANK aksiyadorlaridan birining shaxsiy masalasiga oid xabarlar tarqalmoqda.
Bank rasmiy bayonotida ta'kidlanishicha, mazkur holat bank faoliyatiga aloqador emas — gap bank kapitali, boshqaruvi yoki operatsion faoliyatiga daxli bo'lmagan shaxsiy masala haqida bormoqda.
Bankda bildirilishicha, barcha bank operatsiyalari, mijozlarga xizmat ko'rsatish, shuningdek, mijozlar va hamkorlar oldidagi majburiyatlar odatdagi tartibda, to'liq va o'z vaqtida bajarilmoqda.
Markaziy bankning bank tizimi bo'yicha taqqoslama ma'lumotlariga ko'ra, 2026-yil 1-avgust holatida bank aktivlari 20,2 trln so'mni tashkil etgan. Aktivlari hajmi bo'yicha ANORBANK tizimdagi banklar orasida 17-o'rindan 14-o'ringa ko'tarilgan.
Depozit portfeli 16,2 trln so'mga yetgan (+44%), tizim bo'yicha o'rtacha o'sish esa 34 foizni tashkil etgan. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha bank bir yilda 13-o'rindan 12-o'ringa, davlat ulushi bo'lmagan banklar kesimida esa 6-o'rindan 5-o'ringa ko'tarildi.
Ya'ni oxirgi bir yil ichida ANORBANK ko'rsatkichlari bozordagi o'rtacha o'sishdan tezroq o'sgan va mijozlar mablag'lari bilan ta'minlanganlik darajasi yuqori bo'lgan banklar qatorida qolmoqda.
"Mijozlar, hamkorlar va jamoatchilikni tekshirilmagan hamda anonim manbalar tomonidan tarqatilayotgan materiallarga tanqidiy yondashishga va faqat rasmiy manbalar tomonidan tasdiqlangan ishonchli ma’lumotlarga tayanishga chaqiramiz.", — deyiladi bank xabarida.
Telegram | Instagram | YouTube