TGViewer
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar @tangauzb · 3.28K subscribers
Post #2945 236
Prezident raisligida Andijonda o‘tkazilgan yig‘ilishda bank tizimi va tadbirkorlarni kreditlash bo‘yicha bir qator muhim vazifalar belgilandi.

📣 Endilikda 500 mln so‘mgacha bo‘lgan biznes loyihalarni kreditlashda biznes-reja talab etilmaydi. Kredit real pul oqimiga qarab ajratiladi.

📣 Lider korxona yoki yirik buyurtmachi bilan tuzilgan uzoq muddatli shartnoma kichik tadbirkor uchun kredit garovi sifatida qabul qilinadi.

📣 Eksportbop mahsulot uchun xomashyo xaridiga beriladigan kreditlarda sug‘urta polisining o‘zi garov sifatida yetarli bo‘ladi.

📣 To‘qqizta davlat bankiga bir oy ichida tadbirkorlar biznesini rivojlantirishga ko‘maklashadigan 20 ta yangi bank mahsulotini taklif qilish topshirildi.

📣 Mahalla bankirlari yangi bank mahsulotlari haqida aholi va tadbirkorlarga tushuntirish berib boradi.

📣 Tayyor mahsulot eksportchilariga kredit foizlarining bir qismi uch yil davomida kompensatsiya qilinadi.

Batafsil: https://tanga.uz/news/1686

Telegram | Instagram | YouTube
  • 👍 1
  • 🔥 1
More from @tangauzb
  1. Sep 25, 202625-sentyabr kuni Markaziy bank o‘lchovli oltin quymalar narxlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra…
  2. Sep 25, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev to‘qqizta davlat bankiga bir oy muddatda tadbirkorlar biznesi…
  3. Sep 25, 202625-sentyabr uchun dollarning banklardagi eng yaxshi sotish va sotib olish kurslari Telegra…
  4. Sep 24, 2026So‘nggi kunlarda ANORBANK aksiyadorlaridan biri Interpol qidiruviga berilgani haqida xabar…
  5. Sep 24, 2026Mikrokreditbank kuzatuv kengashi tarkibidan uch nafar a’zo — Umidjon Muydinov, Behzod Hosh…
  6. Sep 24, 202624-sentyabr uchun dollarning banklardagi eng yaxshi sotish va sotib olish kurslari Telegra…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →