TGViewer
Suhrob Ziyo| Türkçe Suhrob Ziyo| Türkçe @sz_turkce · 27 subscribers
Post #25 280

Forwarded from She'r sehri

#FreePalestine

FALASTIN


Hobilning joniga qasd qildi Qobil,
Qotillik yuz berdi ilk bor ochunda,
Ilk bor Haq hukmini chiynadi botil,
Qarg'a go'r qazishni o'rgatdi unga.

Karbaloda oqdi Husayn qoni
Yaziyd dunyo fitna ko'rsatgan edi.
Ummat bir-birining olganda jonin
Qarg'a go'r qazishni o'rgatgan edi.

O'tdi qancha tug'lar, xochlar, saliblar,
Ma'sumlar qonidan hilol qizardi.
O'tsa-da Ayyubiy, ibn Validlar,
Qarg'a odaticha mozor qazardi.

Bugun ham Haq degan jonlar jabrda,
Mazlumga tikilgan dunyoning dori.
Ularning qalqoni– Iymon, Sabrdan!
Yolg'iz Xudo bo'lar yolg'izning yori.

Bu dunyo – Falastin, bu dunyo – G'azo,
Bunda "adolat" ham zolimlar tomon.
Ojizlar boshida aylanar qazo,
Qarg'alar go'r qazib yuribdi hamon.

Suhrob Ziyo

2023.
Noyabr.

@suhrob_ziyo1
More from @sz_turkce
  1. Mar 18, 2026UYG‘OTAY DEB KELGAN UL BAHORLAR BEKOR KETAR... She'rni turk qardoshlarimiz o‘zbek va turk…
  2. Mar 8, 2026🌎 Agar Yer shari bir ONAning qo'llarida bo'lganda, bu dunyoda hamma urushlar to'xtagan bo…
  3. Jun 14, 2024*** Beni bilmiyorsun, bilmiyor dünya, o da uyuyordu uyadığımda. Benden cevher arar henüz e…
  4. Jan 25, 2024Semerkant Amin Maalouf, “Afrikalı Leo”dan sonra bu kez Doğu'ya, İran'a bakıyor. Ömer Hayya…
  5. Nov 29, 2023#FreePalestine *** Bu shunday o'yin, ko'p qog'irchoqbozi, Erk uchun har nega bo'lursan roz…
  6. Nov 17, 2023Timur Kocaoğlu
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →