SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy
📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.
Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Post #35144
180

BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-maydagi PF–73-son hamda 2025-yil 3-noyabrdagi PF–207-son farmonlari ijrosini ta’minlash, aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalarning salbiy ta’siridan himoya qilish maqsadida joylarda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2026-yil 30-sentabrdagi 307-sonli hamda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining 2026-yil 1-oktabrdagi 113-sonli farmoyishlari ijrosi doirasida 1-oktabrdan 1-noyabrga qadar viloyat hududida "Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish" kompleks tezkor-profilaktik tadbirining uchinchi bosqichi o‘tkazilmoqda.
Mazkur tadbirlar doirasida bugun Boysun tumani hokimligida "Biz giyohvandlikka qarshimiz!" shiori ostida targ‘ibot tadbiri va davra suhbati tashkil etildi.
Unda tuman hokimi B. Shukurov, tuman IIB boshlig‘i F. Murtazoyev hamda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i N. Mamadiyev ishtirok etib, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning inson salomatligi, ruhiy holati hamda jamiyat hayotiga salbiy ta’siri haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Davra suhbati davomida giyohvandlikka ruju qo‘yishning ayanchli oqibatlari, giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari, shuningdek, yoshlarni zararli illatlardan asrashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport va foydali mashg‘ulotlarga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish muhimligi ta’kidlandi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, mavzu yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.
Zero, giyohvandlikka qarshi kurashish va yosh avlodni ushbu illatdan himoya qilish — barchamizning umumiy vazifamiz. Sog‘lom, bilimli va yuksak ma’naviyatli yoshlar mamlakatimizning porloq kelajagi va mustahkam tayanchidir!
Bizni kuzating:
📱Veb-sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱 Instagram | 📹 Youtube