Turizm obektlaridagi kuzatuv kameralari situatsion markaziga integratsiya qilinmoqda
Surxondaryo viloyati Denov tumani hududida joylashgan tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan va tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimi yuqori bo‘lgan “Said otaliq madrasasi” va boshqa joylashtirish vositalaridagi mavjud kuzatuv kameralari Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan nazorat tartibida o‘rganish davomida, yaroqsiz holatdagilari ishchi holatga keltirilib, viloyat IIBning Qalqon dasturiga va Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi Situatsion markaziga integratsiya qilib chiqildi.
Mazkur tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, viloyatga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, ular bilan bog‘liq sodir etilishi mumkin bo‘lgan har qanday huquqbuzarliklar va ko‘ngilsiz holatlarni oldini olishda kameralar orqali kuzatuv nazorat ishlari olib boriladi.
Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover
Post #68102
1.92K





