Termiz davlat pedagogika institutida sog‘lom va xavfsiz ta’lim muhiti — ustuvor vazifa!
Bugun Termiz davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoni ijrosi doirasida giyohvandlikka qarshi navbatdagi muhim targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda nimalar muhokama qilindi?
Giyohvandlikning inson salomatligi va jamiyat hayotiga yetkazadigan zararli oqibatlari
Narkotik moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish yo‘llari
Mutaxassislar tomonidan ta’lim muassasalari, ota-onalar va jamoatchilik hamkorligidagi samarali profilaktika choralar
Uchrashuv davomida yoshlar uchun sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi videomateriallar namoyish etildi, huquqiy madaniyatni mustahkamlash borasida amaliy tavsiyalar berildi.
Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover
Post #68089
1.48K





