Contenchi AI agent (4-qism)
3-qism oxirida savol qoldirgandim: agent o'zi xohlagan narsani chiqarib yubormaydimi?
yo'q. chunki joylash tugmasi agentda emas, menda. agent faqat video yasaydi, joylashni esa alohida oddiy kod qiladi va u faqat men botda ✅ bosganimda ishlaydi. agentga instagramga chiqarish buyrug'i umuman berilmagan, xohlasa ham qilolmaydi
Agentning bir kuni shunaqa o'tadi:
• 06:00 -> haftalik rejadan navbatdagi mavzuni oladi, NASA, ESA, universitetlar saytlaridan faktlarni yig'adi va har birini manbasi bilan yozib qo'yadi. manbasiz "wow" fakt yozish taqiqlangan
• keyin ssenariy yozadi va botga 3 xil boshlanish (hook) tashlaydi, men bittasini tanlayman. 90 daqiqada tanlamasam 1-sini oladi
• ovoz -> kadrlar -> montaj -> subtitr -> cover -> caption, taxminan 30-60 daqiqa. hammasi botga keladi
• yoqmasa shunchaki reply qilib yozaman "musiqani pasaytir" yoki "3-kadrni almashtir", o'sha joyidan davom etib tuzatadi
• ✅ bossam darhol story chiqadi "Bugun soat 19:00 da", reel esa kechqurun o'z vaqtida chiqadi
Izohlarga ham o'zi javob beradi. maqtov va oddiy savollarga yozadi, bilmasa ishonchli saytlardan qidirib topadi, spamni yashiradi. tanqid yoki "fakt xato" degan izoh bo'lsa menga yuboradi, o'zi javob bermaydi. instagram bloklamasligi uchun javoblarni ~5 daqiqa oraliq bilan chiqaradi, kunlik limiti ham bor
Ertalab esa kechagi reelga kelgan eng yaxshi savolni javobi bilan story qilib beradi
Mening vaqtim? kuniga 10 daqiqacha. hook tanlash, videoni ko'rish, ✅ bosish
5-qismda oxirgisi: agent qanday qilib o'zini o'zi o'rgatadi, natijalar qanaqa va qayerda xato qildim
@sukhrob_abdullaev
Post #2518
202