TGViewer
Suhrob Abdullayev 🚀 Suhrob Abdullayev 🚀 @sukhrob_abdullaev · 479 subscribers
Post #2526 146
Contenchi AI agent (5-qism, oxirgisi)

Video yasash yarim ish ekan, asosiysi qaysi video ishlashini bilish. agentni shuni o'zi tahlil qiladigan qildim

• har reel chiqqandan 48 soat keyin statistikani oladi: necha foiz ko'rildi va odamlar aynan qaysi so'zda ketib qolgan. shundan 2-3 ta dars chiqarib faylga yozadi, keyingi ssenariyni yozishdan oldin o'sha faylni o'qiydi
• har safar 3 xil hook beradi, qaysi turi (savol, raqam, tasavvur) yaxshiroq ishlashini sanab boradi
• hikoya formatlari almashib turadi, ketma-ket bir xil bo'lmaydi. chiqish soati ham 18, 19, 20 almashadi, qaysi soat yaxshiroq ekanini o'lchayapmiz
• yakshanba kuni botga haftalik hisobot + keyingi haftaga 7 ta mavzu keladi, men tasdiqlayman yoki o'zgartiraman

Natijalar: 2-reel 138k ko'rish oldi, qolganlari 8K-45k atrofida edi. farqini tahlil qilsak hikoya qilib aytilgan ekan, endi hamma ssenariy hikoya bilan yoziladi. hozir instagramda 270, youtubeda 320 obunachi, hammasi bir necha kun ichida (5 kunda - okt8 bugun)

Xatolarim ham bo'ldi:
• instagram uzunroq 1080p videoni qabul qilmadi, endi agent o'zi 720p ga o'tkazib qayta yuklaydi
• bir kuni video hali to'liq yozilib bo'lmasdan botga yuborishga urindi, endi tayyor bo'lishini kutadi
• server interneti ba'zan uzilib qoladi, ahamiyatsiz uzilishlarni endi menga yozmaydi, faqat jiddiy muammoni aytadi

Xarajat: oyiga ~$67 (server $20 + ElevenLabs $24.4 + Claude $22.4) > xarajatni tushurish mumkin, kerak bo'lsa $20-30 bilan ham qilish mukin.

Shunga o'xshash agentni $1000 ga yasab berdim.


@sukhrob_abdullaev
  • 🔥 4
More from @sukhrob_abdullaev
  1. Oct 8, 2026Ko'pchilik o'rgating deb yozdi. shuning uchun yaqin orada devmastery.uz da 2 soatlik jonli…
  2. Oct 8, 2026LGTM - looks good to me achchiq haqiqatli musiqa 😃 https://www.youtube.com/watch?v=3TNpOD…
  3. Oct 8, 2026😅
  4. Oct 8, 2026Post #2523
  5. Oct 7, 2026Ovoz clone o'xshabdimi?
  6. Oct 7, 20262 ta prompt bilan bo'ldi ✔️ https://www.instagram.com/reel/DeMgvC6IqjJ/
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →