TGViewer
Channel Public Channel
StartUpper

StartUpper

@startupper_uz

🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Subscribers
3.71K
Photos
1.6K
Videos
263
Links
1.3K

Showing posts older than #2638 · Back to latest

Older Posts 13 shown
Post #2637 643
#startap_tahlil

Tahrirchi.uz — o‘zbek tili grammatikasi va imlosini sun’iy intellekt (NLP) yordamida tekshiruvchi platforma. Loyiha raqamli muhitda savodli yozish muammosini hal etib, oddiy lug‘atlardan farqli ravishda matn kontekstini tushunadi va xatolarni avtomatik tuzatadi.

Ushbu ijtimoiy va texnik dolzarbligi sababli davlat grantlari hamda xalqaro akseleratorlar moliyalashtirishini qo‘lga kiritgan startap hozirda minglab faol foydalanuvchilar va B2B mijozlarga ega barqaror biznesga aylangan.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
  • 🤣 2
  • ❤ 1
Post #2636 618
StartUpper 🔥 Startaplar tahlili Startapingiz investorlar va grant komissiyalar qanday baholashini bilmoqchimisiz? Kanalda yangi formatni boshlaymiz. Endi bozordagi muvaffaqiyatli loyihalar keysini, ularning biznes modeli, kamchiliklari va sarmoya jalb qilish sirlarini…
Keling, birinchi tahlil qilinadigan loyihani topishga harakat qilib koʻring

1. Tarjimada foydalaniladi
2. Bu ilovadagi mashhur soʻzlardan biri “sayqallamoq”
3. Xato yozmay, desangiz bu ilovadan albatta foydalanib koʻring

Javoblarni izohlardan yozib qoldiring!
Post #2635 736
🔥 Startaplar tahlili

Startapingiz investorlar va grant komissiyalar qanday baholashini bilmoqchimisiz?

Kanalda yangi formatni boshlaymiz. Endi bozordagi muvaffaqiyatli loyihalar keysini, ularning biznes modeli, kamchiliklari va sarmoya jalb qilish sirlarini qisqa va xolis baholab boramiz.

💡 Muhim jihati: Keyingi tahlil sizning startapingiz haqida bo‘lishi mumkin.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤ 3
  • ❤‍🔥 2
Post #2634 878
❗️Ayol startap asoschilari uchun $50,000 gacha investitsiya!

TiE Women Program xalqaro dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Dastur imkoniyatlari:
- $50,000 gacha — investitsiya prizi
- Global finalda qatnashish
- Mentorlik va pitchga tayyorlov
- Investorlar bazasiga kirish

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:
- Loyha asoschisi ayol kishi bo‘lishi
- Startap ilk rivojlanish bosqichida (early-stage) bo‘lishi
- Loyihaning MVP yoki tayyor mahsuloti mavjud bo‘lishi

Ariza topshirish: https://www.tiewomen.org/

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
  • 🔥 4
Post #2633 716
Loyiha boshida tanlangan yo‘nalish noto‘g‘ri bo‘lib chiqishi — odatiy holat. Strategiya ishlamayotganini ko‘ra-bila turib, uni o‘zgartirmaslik eng katta xatodir. Agar bozor yoki mijozlar boshqa narsa talab qilayotgan bo‘lsa, mahsulot yo‘nalishini tezda o‘zgartiring (pivot qiling).

Startap moslashuvchanlik hisobiga tirik qoladi.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Post #2632 1.31K
🤔 Bu post faqat startap g‘oyasi bor, lekin qanday boshlashni bilmaydiganlar uchun!

Miyangizdagi har xil fikrlar sizni chalg‘itib, qadam tashlashingizga yo‘l qo‘ymayotgan bo‘lsa, ushbu Yo‘l xaritasini (Roadmap) hoziroq skrinshot qilib oling.

Uni ko‘zingiz doim tushadigan joyga saqlang — bu sizga har kuni keyingi aniq qadamni eslatib turadi.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
  • ⚡ 3
  • 🤝 1
Post #2627 1.66K
💰Startapingiz uchun $2.5 mln investitsiya oling!

1. Cartier Women’s Initiative

Kimga:
Ekologik/ijtimoiy yoʻnalishdagi ayol asoschilar (18+)
Grant: $30,000 – $100,000 + Mentorship
Muddat: 16-iyun, 2026
Ariza: https://www.cartierwomensinitiative.com/regional-awards

2. EIT Urban Mobility

Kimga: Shahar transporti va logistika startaplari
Grant: €2.5 milliongacha
Muddat: 18-may, 2026 (Ertaga oxirgi kun!)
Ariza: https://www.eiturbanmobility.eu/

3. UNICEF Venture Fund

Kimga: Iqlim va bolalar salomatligi yoʻnalishidagi AI/Blockchain loyihalar (MVP boʻlishi shart)
Grant: $100,000 gacha (Ulushsiz!)
Muddat: 17-may, 2026
Ariza: https://www.eiturbanmobility.eu/

📌 Imkoniyatni boy bermaslik uchun postni saqlab qoʻying va startapchi doʻstlaringizga ulashing!

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤ 2
  • ❤‍🔥 1
Post #2626 783
Kompensiya qurayotganingizda eng katta dushmaningiz — bu o‘z taxminlaringiz. “Mijozga bu kerak” deb o‘ylashni bas qiling. Ko‘chaga chiqing, real mijoz bilan gaplashing, uning asabiylashayotgan joyini toping. Agar mahsulot foydalanuvchining og‘rig‘ini davolamasa, u shunchaki qimmat o‘yinchoq bo‘lib qoladi.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤ 5
Post #2625 995
🔝 Miller Center akseleratori: Ijtimoiy tadbirkorlar uchun qabul ochildi

Kremniy vodiysi tajribasi asosida ijtimoiy va ekologik loyihalarni rivojlantirish hamda investitsiyaga tayyorlash dasturi.

Asosiy imkoniyatlar:

- Xalqaro mentorlik va pitching ko‘nikmalari.
- Biznes-model va moliyaviy rejani tizimlashtirish.
- Loyiha miqyosini kengaytirish (scaling).

Nomzodlarga talablar:

1. Daromad bosqichidagi (revenue-generating) mahsulot mavjudligi.
2. Kamida 1 yillik faoliyat tarixi.
3. Ingliz tilini mukammal bilish.
4. Loyiha ijtimoiy yoki ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan bo‘lishi.


- Davomiyligi: 6 oy
- Format: Onlayn
- Narxi: Mutlaqo bepul (ulush olinmaydi)
- Muddat: 2026-yil 11-sentyabrgacha.

Roʻyxatdan oʻtish uchun: https://millercenterglobal.org/accelerator/

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤ 3
Post #2623 3.63K
Sizning "Network"ingiz — bu sizning "Net worth"ingiz (boyligingiz). Ba’zida bitta to‘g‘ri mentor yoki hamkor bilan uchrashuv loyihani 6 oylik boshi berk ko‘chadan olib chiqib ketadi. Bugun o‘zingizga kerakli odamga yozing. Rad etilishdan qo‘rqmang, startapchi uchun yopiq eshik yo‘q, faqat hali taqillatilmagan eshik bor.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤ 8
  • 🔥 3
Post #2622 822
🚀 Jizzaxda “IDEATON” g‘oyalar tanlovi

Jizzax yoshlar texnoparkida yosh innovatorlar va tadbirkorlar uchun o‘z g‘oyalarini ishlab chiqish va taqdim etish imkoniyatini beruvchi “Ideaton”o‘tkaziladi.

Ideaton doirasida quyidagilar boʻladi:

- Ishtirokchilar 5 kishigacha bo‘lgan jamoalarga birlashgan holda g‘oyalarini shakllantiradilar;
- Shakllangan g‘oyalar mutaxassislar va hakamlar hay’ati oldida himoya qilinadi;
- Soha mutaxassislari tomonidan har bir loyihani rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi;


📍 Manzil: Jizzax yoshlar texnoparki.
📊 Vaqt: 14-may, soat 10:00

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤ 2
  • 🔥 1
Post #2615 809
Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizda “Xalqaro iqtisodiy hamkorlik II forumi” o‘z ishini boshladi.

20 dan ortiq mamlakatning diplomatik korpus vakillari, elchilar va biznes egalari tashrif buyurgan ushbu tadbirda mahalliy va chet ellik tadbirkorlar o‘rtasida B2B formatidagi uchrashuvlar hamda ilmiy-innovatsion loyihalar yarmarkasi tashkil etildi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi startap ishlanmalar va yangi texnologiyalar bilan ishtirok etmoqda.

Tadbirning ilk kunida innovatsion loyihalar tomonidan innovatsion ishlanmalar va startap loyihalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha jami 1,2 mlrd so‘mlik shartnomalar imzolandi.

Forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizning investitsion jozibadorligini namoyon etish hamda ilm-fan, ta’lim va yoshlar tadbirkorligi sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish uchun samarali platforma yaratishdan iborat.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
  • ⚡ 3
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →