20 dan ortiq mamlakatning diplomatik korpus vakillari, elchilar va biznes egalari tashrif buyurgan ushbu tadbirda mahalliy va chet ellik tadbirkorlar o‘rtasida B2B formatidagi uchrashuvlar hamda ilmiy-innovatsion loyihalar yarmarkasi tashkil etildi.
Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi startap ishlanmalar va yangi texnologiyalar bilan ishtirok etmoqda.
Tadbirning ilk kunida innovatsion loyihalar tomonidan innovatsion ishlanmalar va startap loyihalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha jami 1,2 mlrd so‘mlik shartnomalar imzolandi.
Forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizning investitsion jozibadorligini namoyon etish hamda ilm-fan, ta’lim va yoshlar tadbirkorligi sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish uchun samarali platforma yaratishdan iborat.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube





