Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi va Mudofaa vazirligi hamkorligida yosh harbiylarning muhandislik hamda innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi dasturga start berildi.
⚫️Dastur doirasida ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:
- Ilg‘or g‘oyalarni amalda rivojlantirish va muhandislik loyihalarini mukammallashtirish;
- Amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda tajribali mentorlar va ekspertlardan maslahat olish;
- Loyihalarning prototipini yaratish va ularni yakuniy taqdimotga tayyorlash.
⚫️Boshlanish sanasi: 6-oktabr
⚫️Davomiyligi: 1 oy
⚫️Manzil: INNO Innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki
Bizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | YouTube
