TGViewer
Channel Public Channel
StartUpper

StartUpper

@startupper_uz

🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Subscribers
3.7K
Photos
1.6K
Videos
265
Links
1.3K

Showing posts older than #2551 · Back to latest

Older Posts 15 shown
Post #2550 1.13K
ChatGPT sizning... GO‘ZALLIGINGIZNI baholay oladi! Yuz tuzilishingizni qismlarga ajratib, yakuniy xulosa beradigan maxsus promt e’lon qilindi.

Create a clean, minimal, high-end facial beauty report based on this photo. Use a black-on-white design with thin lines, rounded cards, and a luxury aesthetic. Include a simple contour line drawing of the face, an honest attractiveness analysis (symmetry, proportions, bone structure, skin, etc.), clear scores, strengths, areas for improvement, and actionable grooming/style recommendations. Keep it data-driven, visually refined, and not overly flattering. The text is in Russian.


Sun’iy intellekt yuzingiz bo‘yicha to‘liq hisobot tayyorlab beradi: kuchli va kuchsiz jihatlar hamda parvarish bo‘yicha tavsiyalar.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
  • ❤ 3
Post #2547 1.1K
NASA dan yana bir yangilik

NASA Your Name in Landsat deb nomlangan qiziqarli xizmatni ishga tushirdi. Unda ismingizni Yer sayyorasining sun'iy yo‘ldosh orqali olingan suratlari yordamida yig‘ish mumkin.

Xizmat harflarni Landsat dasturi doirasidagi real koinot suratlaridan qidirib topadi. Ishlash tartibi juda oddiy: ismingizni kiritasiz va tizim uni orbitadan olingan haqiqiy landshaft ko‘rinishidagi harflardan yig‘ib beradi.

Xizmatdan foydalanish uchun havola

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
  • ❤ 3
  • ⚡ 1
  • 🔥 1
Post #2546 2.5K
Hayvonlar bilan bir tilda gaplashish imkonini beradigan startap

PettiChat startapi hayvonlar va insonlar o‘rtasidagi muloqotni ta’minlovchi dunyodagi ilk aqlli bo‘yinbog‘ni taqdim etdi.

Mazkur qurilma hayvonlarning signallarini tushunish bilan birga, inson nutqini ham ular tushunadigan tilga tarjima qilish imkoniyatiga ega.

1,5 milliondan ortiq tovush va xulq-atvor namunalari asosida o‘qitilgan sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan ushbu gadjet real vaqt rejimida, ya’ni bor-yo‘g‘i 1,2 soniyada 94,6 foizlik aniqlik bilan tarjimani amalga oshiradi.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
  • ❤ 9
  • ⚡ 4
  • ❤‍🔥 1
Post #2545 706
#top_yangiliklar

Haftani startap olamidagi eng so‘nggi yangiliklar bilan yakunlaymiz. Muhim xabarlarni o‘tkazib yubormadingizmi?

Tekshirib olamiz.
  • ❤‍🔥 2
  • ⚡ 1
  • ❤ 1
Post #2544 923
#startap_sari_yoʻl
#tanishing_startap

Baliqchilik xoʻjaligidagi muammolarga yechim boʻlgan startap

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilgan navbatdagi istiqbolli startap loyihasi baliqchilik xo‘jaliklarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Xorazmlik yosh ixtirochi Dilshodbek Rajabov tomonidan ishlab chiqilgan “Smart Lake” tizimi sun’iy havzalardagi holatni masofadan nazorat qiluvchi kompleks texnologik yechim bo‘lib, hozirda 10 dan ortiq fermer xo‘jaliklarida muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.

Mazkur intellektual qurilma suv ostidagi kislorod miqdori, harorat va ifloslanish darajasi kabi kritik ko‘rsatkichlarni real vaqt rejimida tahlil qilib, muammolarni erta aniqlash orqali nobudgarchilikning oldini oladi.


▶️Ushbu loyihaning ustuvor jihatlari, erishilgan natijalari hamda kelajakdagi rejalari haqida quyidagi videoda batafsil tanishishingiz mumkin.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
  • ❤ 3
  • 👍 1
Post #2535 1.07K
#startap

“Innotur”: talabalar uchun innovatsion imkoniyatlar sari yangi qadam

Bugun, 30-aprel kuni Innovatsion rivojlanish agentligi tashabbusi bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari uchun Agentlik binosida “Innotur” o‘tkazildi.

➡️Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-sonli qarori ijrosini ta’minlash, yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb etish hamda startap g‘oyalarni biznes loyihalarga aylantirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.


Agentlikning Startap ekotizimi va hududiy rivojlanish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan startap loyihalarni shakllantirish, ularni moliyalashtirish tartiblari hamda bozorga olib chiqish bosqichlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z g‘oyalarini amaliyotga joriy etish, shuningdek, davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
  • ❤ 3
Post #2534 769
StartUpper Video message
Startap loyihalar boʻyicha taqdirlash marosimi
Post #2532 674

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mahmudovna Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalari va Telegram kanali ochildi.

Endi bu yerda Birinchi xonim faoliyati, safarlari, uchrashuvlari, muhim loyihalari va tashabbuslari haqidagi dolzarb yangiliklarni kuzatib borish mumkin.

Voqealardan xabardor bo‘lish uchun O‘zbekiston Birinchi xonimining rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling:

Telegram: t.me/Ziroat_Mirziyoyeva_First_lady
Instagram: instagram.com/ziroat_mirziyoyeva_
Facebook: facebook.com/share/1AznLKkuSx
—
У Первой леди Республики Узбекистан, председателя Попечительского совета Международного общественного фонда «Zamin» Зироат Махмудовны Мирзиёевой появились официальные страницы в социальных сетях и канал в Telegram.

Теперь здесь можно следить за актуальными новостями о деятельности Первой леди, ее поездках, встречах, ключевых проектах и инициативах.

Чтобы быть в курсе событий, подписывайтесь на официальные страницы Первой леди Узбекистана:

Telegram: t.me/Ziroat_Mirziyoyeva_First_lady
Instagram: instagram.com/ziroat_mirziyoyeva_
Facebook: facebook.com/share/1AznLKkuSx

Facebook|
Instagram|X
Post #2531 784
StartUpper Video message
Ayni damda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratboy Sharipov Nukus yoshlar texnoparki tomonidan yaratilgan loyiha bilan tanishmoqda
  • ❤ 7
  • 🔥 4
  • 🤝 2
Post #2529 905
StartUpper Video message
Startap hamda innovatsion loyihalar koʻrgazmasi

Manzil: Zakovat arena
  • ❤ 5
Post #2527 772
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivalining ochilish marosimi

Siz ham keldingizmi?
Ha -> ❤️
Yoʻq -> 💔
  • 💔 28
  • ❤ 8
  • 👍 2
  • 😁 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →