“Muhandislik oyligi – 2026”ga start berildi!
Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUda “Muhandislik oyligi – 2026” loyihasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan ushbu tadbir yoshlarni zamonaviy texnologiyalarga jalb etish va innovatsion muhitni rivojlantirishga qaratilgan.
Ochilish doirasida muhandislik ishlanmalari ko‘rgazmasi,
“Oliygoh kubogi” finali hamda robototexnika va dron-reysing musobaqalari tashkil etildi. Aprel oyi davomida respublika bo‘ylab 30 dan ortiq oliygohlarda sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va yashil energetika kabi yo‘nalishlarda xakatonlar, mahorat darslari va startap taqdimotlari o‘tkaziladi.
Loyiha 28–30-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali bilan yakunlanadi. Bu platforma iqtidorli yoshlarga o‘z innovatsion g‘oyalarini xalqaro miqyosda namoyish etish imkonini beradi.
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube