Quyidagi vositalar orqali professional pitch deck yaratish mumkin:
Pitch.com – Zamonaviy shablonlar, jamoaviy ishlash va investorlar qaysi slaydni koʻproq koʻrganini koʻrsatuvchi analitika.
Slidebean – Startaplar uchun maxsus platforma; unda Airbnb, Uber kabi gigantlarning tayyor shablonlari bor.
Beautiful.ai – Aqlli tizim; matn yoki rasm qoʻshilganda slayd dizaynini avtomat ravishda moslashtiradi.
Canva – Minglab tayyor pitch deck shablonlariga ega eng ommabop va tushunarli platforma.
Figma – Dizaynni noldan, oʻta aniqlikda va noodatiy kreativ uslubda chizmoqchi boʻlganlar uchun.
Gamma.app – Oddiy matnli buyruq (prompt) orqali bir necha soniyada tayyor taqdimot tuzib beruvchi AI vositasi.
Tome.app – Startap hikoyasini (storytelling) shakllantirish va unga mos vizual kontentni AI yordamida yaratish uchun qulay.
Tavsiya: Investorlar uchun pitch deck koʻp hollarda 10-12 ta slayddan oshmasligi, loʻnda va raqamlarga asoslangan boʻlishi lozim.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTub
