TGViewer
StartUpper StartUpper @startupper_uz · 4.14K subscribers
Post #2889 1.07K
“Biz 2030-yilgacha iqtisodiyot hajmini 240 milliard dollardan oshirishni reja qilganmiz. Bunga erishish uchun barcha sohalarga yangi g‘oya olib kiradigan innovatsion startaplar kerak”,

– dedi davlatimiz rahbari.

So‘nggi to‘qqiz yilda mahalliy startap ekotizimi 15 barobar o‘sib, 4 milliard dollardan oshdi. Venchur jamg‘armalar soni 23 taga, ularning umumiy kapitali 200 million dollarga yetdi. O‘tgan davrda 1 ming 200 dan ziyod istiqbolli startap loyihalar paydo bo‘ldi. Ayni yo‘nalishda 3 mingdan ziyod yoshlar yuqori daromad topyapti.

Ushbu yo‘nalishdagi ishlar xalqaro tashkilotlar tomonidan ham e’tirof etilmoqda. “Global startap indeksi”da O‘zbekiston 31 pog‘ona ko‘tarilib, dunyoda eng tez rivojlanayotgan startap ekotizimi, “2026-yil mamlakati” deb e’lon qilingani ham buning yaqqol isbotidir.

Hali bu sohada juda katta imkoniyatlar borligi ta’kidlandi. Endi har bir vazir, tarmoq rahbari va hokimlar “1 mingta masalaga – yoshlardan 1 mingta yechim” loyihasini ishga tushiradi.

Bunda har bir rahbar o‘z tizimidagi dolzarb muammolarni ochiq platformada joylashtirib, eng yaxshi yechimlar uchun mukofot e’lon qiladi. Buning uchun har bir vazir va hokim kamida 10 milliard so‘mlik venchur jamg‘arma tashkil etadi.

Ushbu mablag‘lar g‘oliblarni mukofotlash va 20 tadan eng yaxshi startapni g‘oyadan amaliyotgacha barcha bosqichlarni moliyalashtirishga sarflanadi.

Yoshlar agentligi biznes, AT, kreativ iqtisodiyot yo‘nalishida 100 ta eng yaxshi loyihani tanlab, ularga 1 milliard so‘mgacha investitsiya kiritadi.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤ 1
More from @startupper_uz
  1. Sep 29, 2026⚙️ Yosh muhandislar mamlakatimiz salohiyatini yangi bosqichga olib chiqa oladimi? Bugun “K…
  2. Sep 29, 2026#GII O‘zbekiston Global innovatsiya indeksi reytingida 2026-yilda ham barqaror o‘sishga er…
  3. Sep 29, 2026“Kelajak muhandislari” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi Bugun Toshkent shahridagi “INNO Tech…
  4. Sep 28, 2026#InnoWeek_2026 InnoWeek-2026 doirasida “Germaniya–Markaziy Osiyo ilmiy-innovatsion konfere…
  5. Sep 28, 2026#Kelajak_muhandislari #Natija 🏆 “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibla…
  6. Sep 26, 2026UEnter da Women Cup dasturining Demo Day tadbiri bo‘lib o‘tadi! 124 ta arizadan saralangan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →