TGViewer
StartUpper StartUpper @startupper_uz · 4.14K subscribers
Post #2882 955
🚀 Startapda mijozni tahlil qilish uchun 3 ta AI promti

1. Target reklama va marketing matnlari uchun mijoz portretini aniqlash:

Biz [startap sohasi/mahsulot nomi] loyihasi ustida ishlayapmiz. Yechayotgan asosiy muammomiz — [muammoni yozing]. Biz uchun eng yuqori LTV bera oladigan ideal mijoz personasini eng mayda detallarigacha ishlab chiq. Javobni quyidagi tizimda ber: 1. Demografiya va Psixografiya (Yoshi, kasbi, daromadi, qadriyatlari). 2. Empathy Map (U atrofidan nimalarni eshitadi/ko'radi? Ichida nimalarni o'ylaydi/his qiladi?). 3. Pains & Gains (Ushbu sohada uni eng ko'p qiynaydigan top-5 muammo va u intilayotgan ideal natija). Ma'lumotlarni jadval va punktlar ko'rinishida ber.


2. Mahsulotga real talab borligini tekshirish (CustDev intervyu skripti):

Biz [maqsadli auditoriyani yozing] bilan gipotezalarimizni tekshirish uchun CustDev intervyulari o'tkazmoqchimiz. Bizning gipoteza: [Gipotezani yozing, masalan: Ular proyektlarni boshqarishda vaqtni ko'p yo'qotishadi]. Rob Fitspatrikning "The Mom Test" qoidalariga rioya qilgan holda, mijozni mahsulotimizni maqtashga majburlamaydigan, uning o'tmishdagi real tajribasini ochib beradigan intervyu skriptini tayyorlab ber. Skriptda: suhbatni boshlash uchun 2 ta iliq savol, muammoning o'tmishdagi tahlili uchun 4 ta chuqur savol va hozirda bu muammoni qanday yechayotganini aniqlash uchun 3 ta savol bo'lsin.


3. Sotuvda mijoz qayerda tiqilib qolayotganini topish:

Bizning [startap/mahsulot nomi] loyihamiz uchun to'liq Customer Journey Map (CJM) modelini ishlab chiq. Tahlilni 5 ta bosqichga bo'l: 1. Muammoni anglash, 2. Yechim qidirish, 3. Xarid, 4. Foydalanish, 5. Tavsiya qilish. Har bir bosqich uchun alohida ustunlar bilan jadval shaklida quyidagilarni yoz:
- Mijozning ushbu bosqichdagi maqsadi nima?
- Tegish nuqtalari (Touchpoints) qayerlar? (Ijtimoiy tarmoq, bot, sayt va h.k.)
- Uni jarayonni tashlab ketishga majbur qiladigan to'siqlar (Pain points) nima?
- Startapimiz mijozni keyingi bosqichga oson o'tkazishi uchun qanday imkoniyatlar bor?


Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
  • ❤ 3
  • ⚡ 1
  • 🔥 1
More from @startupper_uz
  1. Sep 29, 2026⚙️ Yosh muhandislar mamlakatimiz salohiyatini yangi bosqichga olib chiqa oladimi? Bugun “K…
  2. Sep 29, 2026#GII O‘zbekiston Global innovatsiya indeksi reytingida 2026-yilda ham barqaror o‘sishga er…
  3. Sep 29, 2026“Kelajak muhandislari” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi Bugun Toshkent shahridagi “INNO Tech…
  4. Sep 28, 2026#InnoWeek_2026 InnoWeek-2026 doirasida “Germaniya–Markaziy Osiyo ilmiy-innovatsion konfere…
  5. Sep 28, 2026#Kelajak_muhandislari #Natija 🏆 “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibla…
  6. Sep 26, 2026UEnter da Women Cup dasturining Demo Day tadbiri bo‘lib o‘tadi! 124 ta arizadan saralangan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →