“The Social Network” — filmda ulkan texnologik muvaffaqiyat ortidan kelgan yuksak ambitsiyalar, do‘stlik va xiyonat mavzulari juda aniq ochib berilgan.
Hammasi 2003-yilda Garvard universitetida boshlanadi. Dasturlash bo‘yicha vunderkind talaba Mark Zukerberg qiz do‘sti tashlab ketganidan so‘ng, alam ustida talabalarni o‘zaro solishtiradigan shov-shuvli “FaceMash” saytini yaratadi. Bu loyiha universitetning badavlat talabalari — egizak aka-uka Uinklvosslarning e’tiborini tortadi va ular Markni o‘zlarining talabalar tarmog‘iga kod yozish uchun ishga yollashadi. Biroq Zukerberg ularning konseptidan ilhomlanib, o‘zining yaqin do‘sti Eduardo Saverin bilan birgalikda shaxsiy loyihasini yo‘lga qo‘yadi va u keyinchalik global Facebook platformasiga aylanadi.
Film shunchaki muvaffaqiyat hikoyasi emas, balki startapchilar uchun “g‘oya aslida hech narsa, ijro (execution) esa hamma narsa” degan saboqni anglatadi.
📺 Tamosha qilish uchun 👉 havola
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
