“Farg‘ona Yoshlar texnoparki” innovatsion g‘oyalar va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “InnoX” biznes akseleratsiya dasturining 3-mavsumiga qabul boshlanganini e’lon qiladi.
✅ Dastur davomida siz:
- 4 oylik intensiv o‘quv mashg‘ulotlari orqali loyihangizni rivojlantirasiz;
- Malakali mentorlar va trekerlar ko‘magida g‘oyalaringizni amaliyotga tatbiq etasiz;
- Muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan uchrashib, biznes yuritish tajribasini o‘rganasiz;
- Yakuniy “Demo Day” bosqichida o‘z startapingizni investorlarga taqdim etasiz.
✅ Ishtirok etish tartibi:
- Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 1-iyuldan 15-iyulgacha.
- Darslar boshlanishi: 15-iyul.
- Manzil: Farg‘ona shahri, “Farg‘ona Yoshlar texnoparki” DM.
- Murojaat uchun: +998 91 285 58 86
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube