Bugun, 20-iyun kuni Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi iqtidorli yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi rahbariyati ishtirok etib, joriy yilning 20-fevralidan 30-apreliga qadar davom etgan bosqichda g‘olib bo‘lgan 11 nafar yoshga mukofotlarni topshirdi.
Tanlov yoshlarning ilm-fan, texnologiya va innovatsiya yo‘nalishlaridagi istiqbolli loyihalarini rag‘batlantirish hamda amaliyotga joriy etish maqsadida tashkil etildi.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube






