Startaplar uchun investor tanlashda adashmaslik va vaqtni tejash maqsadida, mamlakatimizdagi 20 ta yirik venchur fondining investitsiya yo‘nalishlari xaritasini taqdim etamiz.
Bozordagi fondlar yo‘nalishiga ko‘ra 4 guruhga bo‘linadi:
✅ Universal (Barcha yo‘nalishlar): UzVC, Yoshlar Ventures, Sarmo, Imkon, DOMINO va Big Sky Capital.
✅ Faqat IT va Fintex: Aloqa Ventures, Semurg', Uzcard Ventures, Avlod, AIS va Paynet fondlari.
✅ Ko‘p tarmoqli (IT, Fintex + boshqa sohalar): Sturgeon Capital, Togo-x Capital (Agrotech, B2B, Healthtech) va IT Park Ventures (+Meditsina).
✅ Tor ixtisoslashgan: Asaka Ventures (faqat farmatsevtika va meditsina) hamda YanGo Ventures (faqat Fintex va B2B).
Ma’lumotni saqlab qo‘ying va investor qidirayotgan hamkorlaringizga ulashing.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
