Yurtimiz oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan mazkur tanlovning final bosqichi bolib otmoqda.
Joriy yilning 25-mayidan 23-iyuniga qadar davom etadigan jarayonlarda respublika miqyosida 94 ta universitetning 282 ta eng sara va innovatsion loyihasi qatnashmoqda.
Tanlov yakuniga ko‘ra, g‘olib deb topilgan ishtirokchilar oliygohlarning maxsus jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan munosib ravishda moliyaviy rag‘batlantiriladi. Shuningdek, eng istiqbolli loyihalar investorlar e’tiboriga havola etilib, inkubatsiya dasturlariga yo‘naltiriladi.
Barcha yosh innovatorlarimizga respublika bosqichida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
